Infocom.uz

IT Park rezidentlarining 2023-yilning I yarim yillik iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili

Statistika agentligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra IT Park rezidentlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlarida yildan-yilga o‘sish kuzatilmoqda. 2022-yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdori 130,4 milliard so‘mni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar 2023-yilning birinchi choragida 231,2 milliard so‘mni tashkil qilib o‘sish 1,7 barobarga yetgan, yilning ikkinchi choragiga kelib esa biroz pasayish kuzatilgan va investitsiyalar hajmi 148,2 milliard so‘mga yetgan. Umumiy miqdorda 2023-yil birinchi yarim yilligida jami investitsiyalar hajmi 379,4 milliard so‘mga yetib, yarim yillik ko‘rsatkichlar 2022-yilga nisbatan qariyb 3 barobarga ko‘p degani.

Hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak eng yuqori ko‘satkichlar Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi: 2022-yilda 116 milliard 876 million so‘m; 2023-yil birinchi choragida 231 milliard 117 million so‘m; ikkinchi choragida 147 milliard 792 million so‘m. 2022-yilda Buxoro viloyatida investitsiyalar hajmi boshqa viloyatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich 130 milliard so‘mni tashkil qilgan. Qolgan viloyatlarga nisbatan Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarda stabillikni kuzatishimiz mumkin.

IT Park rezidentlari xizmatlari eksportidan kelib tushgan mablag‘ miqdori 2022-yil 276,3 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilning birinchi choragida 54,8 million AQSh dollari, ikkinchi choragida esa 122,7 million AQSh dollariga yetgan. Umumiy miqdorda joriy yilning birinchi yarim yilligida xizmatlar eksporti hajmi 177,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Albatta, bu ko‘rsatkichlar yil yakuniga qadar o‘sish ehtimoli bor.

Ushbu ko‘rsatkichlarda ham Toshkent shahrida yuqori natijalar qayd etilgan. 2022-yilda Toshkent shahrida 275 million 672 ming AQSh dollari, 2023-yilning birinchi choragida eksport hajmi 53 million 985 ming AQSh dollari, ikkinchi chorakda 120 million dollardan ham oshib ketgan. Hududlar kesimida Farg‘ona viloyatida stabil o‘sish qayd etilayotgan bo‘lsa: 2022-yilda 319 ming, 2023-yil I chorakda 131 ming, 2023-yil II chorakda 265 ming AQSh dollari; Xorazm, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida esa joriy yilning II choragida keskin o‘sish qayd etildi: Xorazmda – 607 ming AQSh dollari, Samarqandda – 953 ming AQSh dollari, Surxondaryo viloyatida esa 633 ming AQSh dollari. Ushbu ko‘rsatkichlar Toshkent shahridan tashqari respublikamizning boshqa hududlarida ham IT xizmatlar eksport salohiyati oshib borayotgani va yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlar natija berayotgani yaqqol namoyonidir.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top