Infocom.uz

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnaliga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

Muallif yoki mualliflar tomonidan taqdim etilayotgan maqola mavzusi http://infocom.uz saytidagi “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlardan biriga va mos ravishda quyidagi yo’nalishlardan biriga mos kelishi shart:

Elektron tijorat;

Elektron hukumat;

Axborot tizimlari;

Raqamli modellashtirish va prognozlash;

Raqamlashtirishni baholash;

Logistika;

Blokcheyn;

Kriptovalyuta;

Raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro reyting indekslarining qiyosiy taqqoslashlari;

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotga oid boshqa mavzular bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Maqolalar ilmiy-tadqiqot natijalari, ilmiy asoslangan dalillar va ma’lumotlardan iborat bo’lishi, ilmiy adabiyotlar tahlilini o’zida aks ettirishi shart.

Taqdim etilayotgan maqolalar quyidagi qismlarni o’z ichiga olishi lozim:

 

Maqolaning mavzusi (Maqola mavzusi qisqa va aniq bolib, maqoladagi tadqiqot mazmunini aks ettirishi shart.

Maqola muallifi yoki mualliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (maqola muallifi yoki mualliflarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi yoki unvoni, elektron pochta manzili  va aloqa uchun telefon raqam)ni o’z ichiga olishi lozim.

Annotatsiya. Maqola annotatsiyasi 5-7 qatordan iborat bo’lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi lozim. Annotatsiya maqolada ko’tarilgan masala, uning dolzarbligi, masalaning yechimi uchun foydalanilgan uslubiyat, masalaning yechimi, muallifning ilmiy va amaliy hissasi haqida qisqacha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Kalit so’zlar. Maqolaning mazmunini ochib beruvchi kamida 7 ta so’zni o’z ichiga oluvchi so‘zlardan iborat bo’lishi lozim.

Kirish. Maqolaning kirish qismida maqolada ko’tarilgan muamm, uning tavsifi, maqolada tadqiq qilingan masalaning tanlanish sababi, asoslari, uning dolzarbligi va ilmiy yangiligini o’zida aks ettirishi lozim.

Masalaning qo’yilishi. Maqolada ko’rstailgan masalaning qo’yilishi ushbu qismda joylashtiriladi.

Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili. Maqolada ko’tarilgan masala yuzasidan mahalliy va xorijiy adabiyotlarning tahlili masalaning o’rganilganlik darajasini anglatadi. Har qanday tadqiqot ishi mazkur mavzuga tegishli avval yaratilgan va yozilgan materiallar asosida amalga oshiriladi. 

Tahlil va natijalar. Ushbu qism avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlar tahlilini o’zida aks ettiradi.

Xulosa. Maqolaning xulosa qismida tadqiqot natijasida maqsadga erishilganlik, tadqiqot vazifalariga erishilganlik, tadqiqot avvalida oldiga qo’yilgan savollarga javob topilganlik masalalari yuzasidan muallifning shaxsiy xulosalari o’rin olishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati quyidagi ketma-ketlikda joylashtirilishi lozim:

        1.      Adabiyot nomi, Muallif yoki mualliflar FIO., Nashriyot nomi, nashr yili, shaxar, nashr etilgan yil, sahifalar.

 

Maqolada ko‘tarilayotgan muammo aniq o‘rganilgan, mavzu nazariy-amaliy va uslubiy jihatdan puxta bo‘lishi, ko‘rsatilayotgan manbalarning ishonchliligi asoslangan bo‘lishi kerak;

Maqolada keltirilgan ma’lumotlarni qiyoslash uchun olimlar fikrlari yoki prezident asarlariga murojaat qilishi, hamda masalaning yechimi yuzasidan muallifning shaxsiy fikrlari bo‘lishi lozim;

Har bir maqolada 2 tadan kam bo‘lmagan jadvallar (diagramma, chizma yoki rasm) bo‘lishi lozim. Jadval nomlari jadvalning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari esa ularning pastki qismida yozilishi, shu bilan birgalikda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim.

Maqola matni “Times New Roman” shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasi tepadan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1.5 smdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning hajmi maksimal 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 6 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10 ta manbadan iborat bo‘lishi lozim.

Maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

O’rnatilgan talablar asosida rasmiylashtirilmagan va maqola mazmuniga o’rnatilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Keltirilgan talablar yakuniy emas, Tahririyat ba’zi maqolalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot so‘rash huquqiga ega.

Tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish huquqiga ega.

 

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun maqola e’lon qilish uchun to‘lovni amalga oshirish tartibi:

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalida e’lon qilish uchun tanlab olingan maqolalar uchun mualliflar tomonidan boshlang’ich 5 sahifagacha har bir sahifa uchun 50,000 (ellik ming) so‘m, 6-sahifadan boshlab har bir sahifa uchun 40,000 (qirq ming) so‘m miqdorida to’lov amalga oshiriladi.

Maqola uchun to‘lovni saytda ko‘rsatib o‘tilgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin (Uzum bank, Payme, Click).

Hamda bank rekvizitlari orqali maqola uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin.

                                     Xorijiy fuqarolar uchun maqola e’lon qilish uchun to‘lovni amalga oshirish tartibi:

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalida e’lon qilish uchun tanlab olingan maqolalar uchun mualliflar tomonidan boshlang’ich 5 sahifagacha har bir sahifa uchun 20 (yigirma) AQSH $ dollaridan, 6-sahifadan boshlab har bir sahifa uchun 15 (o’n besh) AQSH $ dollari miqdorida to’lov amalga oshiriladi.

Maqola uchun to‘lovni bank rekvizitlari orqali yoki xalqaro VISA hamda MasterCard va boshqa xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Maqolani chop etishga taqdim etish shartlari:

Maqola muallif yoki mualliflar tomonidan info@infocom.uz elektron pochta manzili orqali tahririyatga yuboriladi, maqola tahririyat a’zolari tomonidan tekshirilib, xato kamchiliklari aniqlangan holda, maqola qayta ishlashga yuboriladi va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng muallifga maqola e’lon qilish qabul qilinganligi haqida xabarnoma yuboriladi. Muallif maqola qabul qilinganligi haqidagi xabarnomani olgan vaqtdan boshlab yetti (7) ish kuni ichida maqola uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.

Belgilangan muddatda va o’rnatilgan tartibda maqola uchun to’lovni amalga oshirilmaganlik tahririyat tomonidan maqolani e’lon qilmaslik uchun asos bo’ladi.

Maqola boshqa ilmiy jurnallarda ilgari chop etilmagan, ko’chirilmagan, boshqa muallifning maqolasi o’zlashtirilmagan bo’lishi bilan bir qatorda muallifning muammo yuzasidan aniq yechimlari va tahlillarini o’z ichiga olgan bo’lishi shart.

Muallif maqolada keltirilgan ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, tahririyat maqolada keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Mualliflik huquqiga rioya etish talab qilinadi.

Maqolalarni ilmiy-elektron jurnalda e’lon qilish, maqolalar uchun to’lovni amalga oshirish va boshqa masalalar yuzasidan savollar va takliflar bilan tahririyatga info@infocom.uz elektron pochtasi yoki +99855 501-03-02 (21) telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

 

 

Jurnal, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan tan olingan jurnallar sirasiga kiritiladi. Bu esa o‘z navbatida, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”, 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro integratsiya” ixtisosliklarida tahsil olayotgan mustaqil izlanuvchilar va doktorantlarga bevosita xizmat qiladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top