Infocom.uz

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VII milliy mukofoti

3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2011 yilning 31 martidan 2012 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2012 yilning 10 apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot. G‘olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1, 2, 3-o‘rinlar);
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1, 2, 3-o‘rinlar);
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma OAV – 1, 2, 3-o‘rinlar);
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1, 2, 3-o‘rinlar).

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar doirasidagi nominatsiyalar:

– jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun;
– faol fuqarolik pozitsiyasi uchun;
– ijtimoiy-siyosiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun;
– ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun;
– Mustahkam oila yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun;
– ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi material uchun;
– harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi material uchun;
– eng yaxshi jurnalistik tekshiruv uchun;
– murakkab sharoitlarda (favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit va ekologiya muammolari) tayyorlangan eng yaxshi reportaj uchun;
– eng yaxshi rejissorlik ishi uchun;
– eng yaxshi matbuot xizmati;
– eng yaxshi fotoreportaj uchun;
– eng yaxshi karikatura uchun;
– chet ellik jurnalistning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi materiali uchun.

Rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar diplom, statuetka va eng kam ish haqining 80 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

“Oltin qalam” tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini mukofotlash, shuningdek, uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.

Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari ham o‘z rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgan.

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet nashrlarida e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak).

Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 3 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Matbuot va internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:

– muallifning ismi-sharifi, professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
– muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;
– pasport nusxasi.

Tanlov g‘oliblarini mukofotlash marosimi Jahon matbuoti erkinligi kuni 2012 yil 3 mayda tantanali ravishda o‘tkaziladi.

Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.

Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi, 100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
3-qavat, 30, 35, 37-xonalar
Telefonlar: 244-64-61; 244-64-62; 244-37-87.
www.Journalist.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top