“Kasperskiy Laboratoriyasi”dan eshittiramiz va ko‘rsatamiz!
Matbuot xodimlari uchrashuvi dasturi Moskva shahrida 1-Volokolamsk ko‘chasi, 10-uyda, bir necha qavatlarni egallagan kompaniyaning Markaziy ofisiga tashrif buyurishdan boshlandi. Matbuot xodimlari uchrashuvi boshlanishidan avval bizga kompaniya haqidagi filmni namoyish etdilar, unda kompaniya asoschisi va bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy biz uchun Moskvadagi bosh ofisi bo‘ylab virtual ekskursiya tashkil etdi. Ushbu filmdan «Kasperskiy Laboratoriyasi» antiviruslar yaratuvchi xodimlarini «qizilishton» deb atashlarini, chunki ular har kuni va har soat antiviruslar yozishlarini hamda yangilangan ma’lumotlar bazasini to‘ldirib borishlarini bilib oldik. Kompaniya mutaxassislari «yovuz zararkunandalar» (kompaniya slengi tilida viruslar, spamlar va axborot xavfsizligiga boshqa xatarlarni shunday deb ataydilar) bilan kurashda ko‘plab klaviaturalar sindirilganligini aytadilar, kompaniyaning animatsion roliklari viruslar bilan kurashda «qizilishtonlardan» boshqa foydalilar yo‘q ekanligini yaqqol ko‘rsatdi( Shunday qilib, endi aytichilar muhitida qizilishton – bu ishdan tashqari ko‘p gapiradigan emas, balki foydali kodlarni yozib klaviaturani ko‘p taqillatadigan inson ekanligini bilamiz 🙂
… «qizilishtonlar» uyalari uzra parvoz
Laboratoriya bo‘ylab ekskursiya davomida kompaniyaning mutaxassislar qanday ishlashlarini ko‘rsatdilar. Kompaniyaning yuragida- viruslar laboratoriyasida bo‘ldik, bu yerda viruslar analitiklari yoki oddiy qilib aytilgan qizilishtonlar mehnat qiladilar. Kompaniya rahbari Yevgeniy Kasperskiyning so‘zlariga qaraganda, aynan shular kompyuter yovuz zararkunandalairidan dunyoni qo‘riqlab har kuni 24 soat mehnat qiladilar. Viruslar analitiklari jamoasi – bu kompaniyaning assosiy bo‘linmasi. Axir aynan shu insonlar yangi viruslarni tahlil qiladilar va ularni ma’lumotlar bazasiga kiritadilar. Viruslar juda ko‘p va ularga doim va juda ko‘p klaviaturani taqillatishlariga to‘g‘ri keladi, xuddi mana shuning uchun ham «qizilishton» deb atalishlariga sabab bo‘ldi va hatto qandaydir kompaniyaning ramziga aylanib qoldi.
Viruslar tahlilchilarining mehnatlari natijalarini ko‘rgazmali namoyish etish uchun kompaniya virlabida dunyoning turli qismlaridagi vaqtni ko‘rsatadigan bir necha soatlardan, hamda tahlilchilarning mehnatlari natijalarini ko‘rsatuvchi ikki plazma panellaridan maxsus tablo qo‘yilgan. Bular eng oxirgi viruslar nomlari va viruslarga qarshi yangilangan bazalarning chiqish vaqtidan iborat. Kompaniyaning ma’lumotlariga qaraganda har ikki sekundda «Kasperskiy Laboratoriyasi» tahlilchilari tomonidan bitta virus yo‘qotiladi. Lekin, barcha ishlar qizilishtonlar tomonidan qo‘lda bajarilmaydi. Kompaniyada kompyuterli antivirus roboti (data sentr) mavjud, u kompaniyaning yangilangan ma’lumotlar bazasining taxminan 90% avtomatik tarzda chiqarib turadi. Ammo qolgan 10% ishning eng murakkab qismi hisoblanadi, bu ishlarni faqatgina qizilishton-analitlar bajara oladilar. Kompaniyaning virlabida kichik matbuot-anjumani davomida biz qizilishton-tahlilchilar faqatgina yosh erkaklar ekanliklarini bilib oldik. Faqatgina Mobil xavflar va yovuz zararkunandalar bo‘limida bir ayol kishi ishlaydi. Demak, Kasperskiy Laboratoriyasida qizilishton-tahlilchilar asosan erkaklardan iborat.
Yana biz kompaniyaning audiovizit kartochkasi ko‘pchilik davlatlarda qizilishton-tahlilchining taqillatishi emas, foydalanuvchining kompyuterida virus aniqlanganida eshitiladigan cho‘chqaning chinqirishi ekanligini bilib oldik. Yevgeniy Kasperskiy jurnalistlarga Yangi Zelandiyadan hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha bir tashkilot shunday tovushni olish uchun nima uchun cho‘chqani qiynadiglar deb kompaniya ustidan shikoyat qilgani haqida so‘zlab berdi. Aslida hech bir hayvon zarar ko‘rmagan, ushbu tovush esa internet tarmog‘ida juda ilgari topilgan. Yana bir kulgili hodisa Kanadada sodir bo‘lgan, Kasperskiy antivirusi foydalanuvchisi virus topilganida cho‘chqaning chiyillashini eshitganida uning iti juda asabiylashishi va bir kuni hatto derazadan sakraganini aytib shikoyat qiladi. Kompaniyada ushbu tovushdan boshqa foydalanmaslikka qaror qilinadi, ammo ko‘p sonli g‘azablangan foydalanuvchilar cho‘chqaning chiiyillashini qaytarishni talab qiladilar.
Ekskursiya davomida bizga kompaniyaning sana markazini ko‘rsatdilar, bu yerda kompaniyaning barcha korporativ axborotlari saqlanadi hamda bu yerdan barcha antivirus yangilanishlari tarqatiladi.
Xavfsizlik hududi
Shundan so‘ng «davra suhbati» davomida jurnalistlar savollariga kompaniyaning yetakchi ekspertlari Aleksandr Gostev, Andrey Nikishin, Vitaliy Kamlyuk, Sergey Golovanov, Denis Maslennikov va Yuriy Namestnikovlar javob berdilar.
Global tadqiqotlar va xavflarni tahlil qilish markazi rahbari Aleksandr Gostevning so‘zlariga qaraganda, rutkit-funksionali bilan zararkunanda dasturlar to‘plami, shov shuvga sabab bo‘lgan chuvalchang Kido, veb-hujumlar va veb-botnetlar, global epidemiyalar, SMS-firibgarlik hamda ijtimoiy tarmoqlar foydalaniuvchilarining parollarini ommaviy o‘g‘irlashlar 2009-yilning asosiy mavzulari bo‘lganlar.
Bu yil “Kasperskiy Laboratoriyasi” mutaxassislarining fikrlari bo‘yicha fayllar almashish tarmoqlari orqali hujumlar, global virusli epidemiyalar va zararkunanda dasturlarning murakkablashishi eng sezilarli muammolar bo‘lib qoladi. Bularning barchasi “qalbaki antiviruslar”, yangi Google Wave servisi orqali fishing hujumlari hamda iPhone va Android mobil platformalar uchun xavflar soni ortishi bilan sodir bo‘ladi.
Yevgeniy Kasperskiy ishtirokidagi «davra suhbati» jurnalistlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Faol jonli suhbat davomida “Laboratoriya” direktori va asoschilaridan biri jurnalistlar savoliga javob berdi va yaqindagi antarktika ekspeditsiyasi, kompaniyanig keyingi rivojlanish istiqbollari hamda Jamoatchilik palatisa o‘z ishlari va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari uchun soliqlar to‘lovlarini kamaytirish tashabbuslari haqida so‘zlab berdi.
Jurnalistlar Yevgeniy Kasperskiy bilan erkin muloqot imkoniga ega bo‘ldilar va kompaniya, mahsulotdari, rejalari va istiqbollari hamda Yevgeniy Valentinovichning shaxsiy hayoti haqida ko‘plab savollar berdilar. Misol uchun, men, bir vaqtda kompaniyaning ham brendi, ham rahbari bo‘lish qiyinmi (yoki yengil) deb so‘radim. Bunga Yevgeniy Kasperskiy bu juda qiyin, mas’uliyatli va shu bilan birga, faoliyat natijalari ijobiy bo‘lganida juda yoqimli ekanini aytdi. Aslida, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha to‘la mas’uliyatni zimmasiga olgan xodimlar kompaniyada juda ko‘p, shuning uchun kompaniyaning faoliyati faqat bir kishining emas, balki jamoa ishlari natijalariga asoslanadi. Matbuot-anjumani davomida Yevgeniy Kasperskiyga rafiqasi qo‘ng‘iroq qildi, shunda u biroz «ertaroq» borishini, chunki navbatdagi xizmat safaridan to‘g‘ri jurnalistlar bilan uchrashuvga kelganini aytdi. Yevgeniy Kasperskiy xizmat safarlari juda zich grafigi va deyarli butun jahon bo‘ylab safarlarni o‘z ishida eng qiyin tomoni deb hisoblaydi.
Matbuot xodimlari uchrashuvi birinchi kuni kechasi kompaniyaning top-menedjerlari – Sergey Zemkov, Oleg Gudilin va Sergey Kulkovlar bilan uchrashuv bilan yakunlandi, ular 2009-yil biznes-natijalari haqida so‘zlab berdilar. O‘tgan yil oxirida Janubiy Afrikada “Kasperskiy Laboratoriyasi” yangi ofisi ochilganligi, kompaniyaning xodimlari soni 1700 kishidan oshib ketganligini eslatib o‘tamiz. Bundan tashqari, IDC tadqiqotlari bo‘yicha, axborot xavfsizligi sohasida jahondagi yetakchilar orasida kompaniya to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
26-yanvar kuni Moskvada “Kompyuter andegraundi 2009-2010: yakunlar va taxminlar” anjumani bo‘lib o‘tdi.
Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Qozog‘istondan 80 dan ortiq jurnalistlarni to‘plagan tadbir, 26-yanvar kuni Grand Meriott otelida bo‘lib o‘tdi. Antiviruslar industriyasi hozirgi holati, yilning viruslar va spam-yakunlari haqida “Kasperskiy Laboratoriyasi” global tadqiqotlar va xavflar tahlili markazi rahbari Aleksandr Gostev va “Kasperskiy Laboratoriyasi” kontent filtrlash laboratoriyasi direktori Andrey Nikishinlar jurnalistlarga so‘zlab berdilar. Matbuot –anjumanidan so‘ng «davra suhbati» bo‘lib o‘tdi, unda ham kompaniyaning bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy ishtirok etdi.
26-yanvar kuni Yevgeniy Kasperskiy jurnalimiz uchun eksklyuziv intervyu berdi.
O‘zbekistonning barcha aholisiga xavfsiz Internet tilaymiz
Yevgeniy Kasperskiy bilan intervyu u meni «Assalomu alaykum» so‘zlarini aytib qutlashi bilan boshlandi. Men darhol Yevgeniy Valentinovich O‘zbekistonda bo‘lganligi haqida qiziqib so‘radim. U afsuski hozircha bo‘lmaganligini va O‘zbekistonga kelishni juda istashini va birinchi navbatda tog‘larda bo‘lishni xohlashini aytdi. Yevgeniy juda faol sayohatchi va uning so‘zlariga qaraganda 50% foizdan ortiq vaqtini u Sheremetevo va Domodedovodan tashqarida o‘tkazadi. Albatta safarlarining ko‘p qismi ishlab chiqarish bilan bog‘liq, lekin ba’zida ham foydali ham yoqimli o‘tkazishga erishadi. Yangi 2010-yilni Yevgeniy Kasperskiy Janubiy qutbda kutib oldi, chunki ayol-sportchilar ishtirok etgan millatlar Hamdo‘stligi antarktika ekspeditsiyasi ishtirokchilarini qutlashi kerak, «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi esa ushbu ekspeditsiyaning homiysi edi.
– Jahon moliyaviy inqirozi «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi faoliyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?
– Inqiroz barchaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bizning kompaniyamiz jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishiga qaramasdan o‘sish sur’atlari yanada tezroq bo‘lishi mumkin edi deb ayta olaman. Shunga qaramasdan biz juda yaxshi rivojlanmoqdamiz.
– «Kasperskiy Laboratoriyasi» MDH davlatlarida va ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlarida qanchalik muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Agar imkoniyati bo‘lsa laboratoriyangiz O‘zbekiston bozorlarida qanday ishlashi– muvaffaqiyatlari, muammolar, istiqbollar haqida so‘zlab bersangiz?
– Alohida bir mintaqa va aniq ma’lumotlar bo‘yicha mintaqaviy menedjerlar murojaat etish zarur. Aniq ma’lumotlarni men bilmayman, ammo men turli mintaqalar muammolari haqida bilaman. Agar masalan, bir yerda «og‘riq paydo bo‘lsa» yoki «kasallik paydo bo‘lsa» ushbu mintaqa haqida bilaman va muammolarni hal qilishga aralashaman, barchasi joyida bo‘lgan u yerdagi ma’lumotlarni bilmayman. Sizning mintaqangizda, xususan O‘zbekistonda menimcha barcha ishlar joyida. Yomon yangiliklar yo‘q (kuladi).
– Bugun «Kasperskiy Laboratoriyasi» jahonda tan olingan viruslar, spam va xakerlar hujumlaridan himoyalanish tizimlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya Rossiya, MDH davlatlaridan ancha keng doiralarga chiqdi va bugun deyarli butun dunyoda faoliyat yuritadi. Kecha siz yaqin kunlarda vaqtda Sietlda (AQSh) ofis ochilishi va xodimlar soni oxirgi yilda mingdan to 1700 kishigacha oshganini aytdingiz. Shunga qaramay, barchamiz uchun Kasperskiy laboratoriyasi – bu birinchi navbatda, rossiyalik loyihachi va agarda shunday deb aytish mumkin bo‘lsa, Rossiyaning intellektual «AT- faxri». Kompaniyaning juda tez o‘sib borishi va xodimlar sonining ortib borishidan qo‘rqmaysizmi?
–Xodimlar soni tez ortib borishidan juda qo‘rqamiz va hatto sun’iy ravishda biroz sekinlashtiramiz. Agar xodimlar soni nazoratsiz ortib boradigan bo‘lsa, unda juda yomon bo‘ladi va katta xavf bor. Albatta, kompaniyani uch yoki besh yil avvalgidek qoldirish mumkin emas, ammo izchillik ruhi bo‘lishi kerak. Shuning uchun aynan ushbu holatni hisobga olib, o‘z o‘sishimizni sun’iy ravishda sekinlashtiramiz.
– Kasperskiy laboratoriyasi yanada katta chet ellik loyihachilar tomonidan qo‘shib olinishi (yoki birlashish sodir bo‘lishi) ehtimoli mavjudmi va chet ellik investorlar tomonidan qandaydir takliflar berilmoqdami. Kasperskiy Laboratoriyasi birjalarda o‘z aksiyalarini joylashtiradimi?
–Aksiyalarni birjada joylashtirish – bu kompaniyaning maqsadi emas, bu vosita. Agar maqsadga erishish uchun qo‘shimcha, shu jumladan, IPO ( muall.ilovasi. IPO ( Initial Public Offering) —xususiy kompaniyaning aksiyalarini birlamchi ommaviy sotish, shu jumladan, aksiyalarga depozitar tilxatlar shaklida) orqali mablag‘lar jalb qilish zarur bo‘lsa, biz ularni jalb qilamiz. Qo‘shilish va birlashishlar hozircha kutilmayapti.
– Har qanda dasturchi viruslar yoza olmasligi va albatta har bir dasturchi antiviruslarni yoza olmasligi tushunarli. O‘z kadrlaringizni qanday tayyorlaysiz va “CISCO akademiyasi” kabi qandaydir “antiviruslar yozuvchilari uchun akademiya” mavjudmi? Sobiq “virus yozuvchini” yoki xakerni ishga olasizmi?
–Yo‘q olmaymiz. Umuman spamlar va zararkunandalar yaratuvchilari o‘zlari ham bizga ishga kelmaydilar, chunki ularning daromadlari biznikidan ko‘proq (kuladi). Agar jiddiy gapiradigan bo‘lsak, insonlarnning qandaydir uch guruhi mavjud. Birinchisi, bu firibgar birovning cho‘ntagida mobil telefonni ko‘rib qolsa, uni olib cho‘ntagiga soladi. Viruslar yozuvchilar – bu firibgarlar ikkinchi kategoriyasi, ular aql bilan va mohirlik bilan o‘g‘irlaydilar, biz esa umuman boshqa kategoriyali insonlarmiz, shunday firibgarliklar bilan qonuniy vositalar asosida kurashamiz. Bizning oramizda katta farq bor va umuman boshqa vazifalar turadi. Bizda mutaxassislarni tayyorlash o‘z metodikamiz mavjud, talabalar orasida eng yaxshilarini tanlab olib o‘zimiz uchun kadrlarni tayyorlaymiz.
– «Kasperskiy Laboratoriyasida» matbuot xodimlari uchrashuvi tashkil qilishdan asosiy maqsadingiz? Shu kabi matbuot xodimlari uchrashuvi birinchi bor o‘tkazilmayotganligini bilaman. Bu yil matbuot xodimlari uchrashuvi da faqat Rossiya va MDH davlatlaridan, balki uzoq chet ellardan ham jurnalistlar ishtirok etadilar. Ommaviy axborot vositalari bilan ishlashdan charchamaysizmi?
– Bir hafta davomida jurnalistlar bilan birgalikda, mehmonxonada yashayman va hamkasblarim bilan birga, barcha tadbirlarda ishtirok etaman. Matbuot xodimlari uchrashuvining asosiy maqsadi – bu kompaniyamizni qanday bo‘lsa, shunday taqdim etishdan iborat. Sizlar, barcha va shu jumladan, jurnalingiz muxlislari kompaniya haqida bilsinlar. Har bir kompaniyaning o‘sha archa tagida o‘tirgan quyon kabi, rivojlanish mumkin bo‘lgan ikki strategiyasi mavjud. Birinchisi, bu quyon shunchaki archa tagida o‘tiradi va yashirinadi. Ertami yoki kechmi uni kimdir tutib oladi va eb qo‘yadi. Ikkinchi strategiya – tez yugurish. Bu yaxshi, chunki hech kim tutib olmaydi va hatto o‘zi archa tagida o‘tirganni tutib olishi mumkin. Mana biz ham tez yuguramiz, tanaffuslarda ham jurnalistlar bilan muloqotda bo‘lamiz.
– Kasperskiy Laboratoriyasi kirib kelgan 2010-yil bilan ohangdosh yangi mahsulotlarni bozorlarga faol chiqarmoqda – bular Kasperskiy Antivirusi 2010 va Kaspersky Internet Security 2010. Mahsulotlar o‘tgan yildayoq e’lon qilingan va taqdim etilgan edi. 2011-yilda Kasperskiy Antivirusi 2011 va Kaspersky Internet Security 2011 nomli mahsulotlar paydo bo‘lishini kutish mumkinmi?
– Aslida ham shunday bo‘lishi kerak, ammo, agar bizning marketologlarimiz mahsulotlarimizni boshqacha juda qiziqarli nom bilan atash g‘oyasini taklif etsalar, unda ularni boshqacha nomlashga qaror qilamiz.
– Yevgeniy Valentinovich, kecha matbuot-anjumanida birinchi tanishishimiz paytida va bugun intervyu davomida Siz hatto biroz o‘tirmadingiz va doim harakatdasiz? Siz kompaniya asoschilaridan biri, uning bosh direktori hisoblanasiz va laboratoriya Sizning nomingiz bilan ataladi. «Kasperskiy Laboratoriyasi» kabi tez sur’atlarda rivojlanib boruvchi kompaniyaning brendi va rahbari bo‘lish qiyinmi?
–Hayotimning yarmidan ortig‘ini Moskvadan uzoqda safarlarda va xizmat safarlarida bo‘lishimni aytib o‘tgan edim. Xizmat safari sermahsul grafigi uchinchi – to‘rtinchi kuniga kelib faqatgina uch soatdan uxlayman, uxlagim kelmagani uchun emas, balki organizm toliqqan, ammo uch-to‘rt soatdan ortiq uxlay ololmaydigan qandaydir psixik buzilishi boshlanadi. Mana shunday yashaymiz. Aslida, bizning jamoamiz juda yaxshi, yo‘nalishlar bo‘yicha rahbarlar, mahsulotlar loyihachilari, tahlilchilar, marketologlar jamoalari ham yaxshi uyushqoq jamoa, shuning uchun bizning kompaniya oilaviy kompaniya bo‘lmagan va bo‘lmaydi.
– Oxirgi savol. «Kasperskiy Laboratoriyasi» nomidan O‘zbekistonlik foydalanuvchilarga qanday tilaklaringiz bor?
– Men birinchi navbatda, xavfsiz internetni tilagan bo‘lardim!!! Eng asosiysi esa, foydalanuvchi tarmoqda bo‘lganida (Internet yoki Mobil tarmoqdami) doim «ishga solingan miya» bo‘lsinlar, aholi turli firibgarlarning «yolg‘onlariga» aldanmasinlar. Antivirus kompaniyalarining mahsulotlari qanchalik yaxshi bo‘lmasin, «birovni o‘g‘ri deb o‘ylama, o‘zingni ehtiyot qil» maqoliga amal qilib, ehtiyot chorasini ko‘rsinlar.
Yevgeniy Kasperskiy, «Kasperskiy Laboratoriyasi» bosh direktori va asoschilaridan biri
1965-yilda Novorossiysk shahrida tug‘ilgan. Matematikaga muhabbati Yevgeniyning «texnik» kelajagini belgilab berdi. Maktabda o‘qish yillarida matematik jurnallardan masalalarni yechish sevimli mashg‘ulotlaridan biri edi. Katta sinflarda MFTI qoshidagi fakultativ fizika-matematik maktabga qatnaydi. Oxirgi ikki yil MDU qoshidagi fizika-matematik internatda o‘qiydi. 1987-yili kriptografiya, aloqa va informatika Institutini tamomlaydi, bu yerda matematika va kriptografiyadan tashqari, kompyuter texnologiyalarini o‘rganadi. mutaxassisligi – injener-matematik.
O‘qishni tugallaganidan so‘ng yo‘llanma bo‘yicha mudofaa vazirligi qoshidagi ko‘p tarmoqli ilmiy-tadqiqotchilik institutida ishlaydi, bu yerda 1991-yilgacha faoliyat olib boradi. Shu yerda kompyuter viruslari hodisasini o‘rgana boshlaydi. Birinchi bor o‘z kompyuterida “Cascade” virusini aniqlaganida, Yevgeniy uni o‘rganib chiqadi va hayotida birinchi kompyuter virusiga qarshi vositani yaratadi. Shundan so‘ng zararli dasturlarni to‘play boshlaydi, ularga davolovchi modullarni yaratadi. Aynan mana shu ekzotik kolleksiyasi keyinchalik mashhur antivirus Kasperskiy Antivirusi asosi qilib olinadi. Hozirda u 1,3 milliondan ortiq yozuvlarga ega va dunyoda eng to‘liqlardan biri hisoblanadi.
1991-yilda Yevgeniy «KAMI» kompaniyasida ishlay boshladi, bu yerda hamfikrlari bilan birgalikda bo‘lajak Kasperskiy Antivirusi na’munasi, Antiviral Toolkit Pro antivirus loyihasi ustida ishlaydi. 1997-yil 21-iyulida «Kasperskiy Laboratoriyasi» mustaqil kompaniyaga aylandi.
“Kasperskiy Laboratoriyasi” millatlar Hamdo‘stligi antarktika ekspeditsiyasi homiysi sifatida ishtirok etdi
“Millarlar Hamdo‘stligi Antarktika ekspeditsiyasi (Kaspersky Lab Antarctic Commonwealth Expedition) 2009-yil 19-noyabr kuni safarga chiqdi. Ishtirokchilarning Janubiy Qutbga yetib kelishlari belgilangan vaqti – 2009-yil 31-dekabr. “Kasperskiy Laboratoriyasi» ushbu tadbir homiysi sifatida ishtirok etib Antarktida ekotizimi buzilishi va iqlim global o‘zgarishlari muammolaridan xavotirlanishini ifoda etadi”, – deb xabar qilinadi.
Ekspeditsiya tarkibiga Kipr, Gana, Hindiston, Singapur, Bruney, Yangi Zelandiya, Yamayka va Buyuk Britaniya vakillaridan iborat etti ishtirokchi kiradi. Ular Antarktida qirg‘oqlaridan to Janubiy Qutbgacha 900 kilometrdan ortiq yo‘l bosishlari kerak bo‘ladi. Manzilga yetib borgach, Bruney, Gana, Yamayka va Kiprlik guruh a’zolari o‘z davlatlarida muz qit’asi birinchi bo‘lib, zabt etuvchilari, Hindiston, Singapur va Yangi Zelandiyalik ishtirokchilar esa o‘z vatanlarida Janubiy Qutbni zabt etgan birinchi ayol maqomini oladilar.
«Kasperskiy Laboratoriyasi» haqida
Kompaniyaning bugungi kuni
«Kasperskiy Laboratoriyasi» — Rossiyada eng mashhur zararli dasturlar, spamlar va xakerlar hujumlaridan himoyalanish tizimlari ishlab chiqaruvchisi va Yevropada katta antivirus kompaniyasi. Dunyoning Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun dasturli yechimlar ishlab chiqaruvchilari to‘rtligidan ishonchli o‘rin olgan.
«Kasperskiy Laboratoriyasi» — bu Moskvdagi markaziy ofisi va beshta mintaqaviy qarorgohlari bilan kompaniyalar xalqaro guruhi, G‘arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika; Shimoliy va Janubiy Amerika; Osiy-Tinch okeani mintaqalari davlatlarida, Yaponiyada mahalliy vakolatxonalari va kompaniyaning hamkorlari faoliyatlarini boshqarishni amalga oshiradi. Hamkorlik tarmog‘i dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarini qamrab oladi. Butun dunyo bo‘ylab 250 mln. dan ortiq foydalanuvchilar kompaniyaning mahsulotlaridan foydalanadilar.
Ajoyib tajriba
«Kasperskiy Laboratoriyasi» tashkil etilganiga 12 yil bo‘ldi. Shu yillar davomida kompaniya xodimlari soni bir guruh tashabbuskorlardan deyarli 1 800 yuqori malakali mutaxassislargacha o‘sdi. Viruslar va boshqa kompyuter xavflari bilan uzluksiz kurashlarda nodir bilimlari va tajribalari yordam beradigan insonlar, —kompaniyaning asosiy qadriyati hisoblanadi.
Virusli faollikni doimiy tahlil qilib borib, mutaxassislar zararli dasturlar rivojlanishi tendentsiyalarini oldindan bilishga o‘rganib oldilar. Shular hisobiga hujumlar yangi turlaridan foydalanuvchilarni bir necha bor oldindan ishonchli himoya qilishga erishildi.
Ushbu ustunlik — doim raqobatchilardan bir qadam ilgari bo‘lgan «Kasperskiy Laboratoriyasi» mahsulotlari va xizmatlari asosi va buyurmachilarimizga eng yaxshi himoyani taqdim etamiz.
Kasperskiy Antivirusi
Ko‘p yillar davomida tirishqoqlik bilan mehnat qilish «Kasperskiy Laboratoriyasiga» viruslardan himoyalanish vositalari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lishga imkon berdi. Antivirusli mahsulotlari obro‘li xalqaro tadqiqotchilik markazlari va kompyuter nashrlari test sinovlarida muntazam ravishda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
«Kasperskiy Laboratoriyasi» antivirusli dasturli modullari virusli hujumlari barcha ob’ektlari ishonchli himoyasini ta’minlaydi: ishchi stansiyalar, noutbuklar, faylli va veb-serverlar, pochta shlyuzlari, tarmoqlararo ekranlar, cho‘ntak kompyuterlari va smartfonlar. Qulay boshqaruv vositalari kompyuterlar va korporativ tarmoqlarning antivirusli himoyalashni maksimal avtomatlashtirish imkonini beradi.
Kaspersky Internet Security 2010 – ShK ni barcha tarmoq xavflaridan ishonchli himoyalashni ta’minlovchi «Kasperskiy Laboratorisi» yangi mahsuloti. Ushbu yechim shu kungacha dasturlarga noma’lum bo‘lgan, yangi xavflarga reyting berish haqida qaror qabul qiladigan HIPS ilovalari faolliklarini nazorat qilivchi ilg‘or texnologiyalar ustunliklarini o‘zida jamlaydi; virtuallashtirish tamoyilidan foydalanuvchi va ilovalarni bajarish himoyalangan, ajratilgan muhitidan foydalanuvchi antivirus mahsulotlari uchun ajoyib Sandbox texnologiyasi; Kaspersky Security Network innovatsion ajratilgan tizimni.
Kasperskiy® 2010 Antivirusi – samaradorligi butun dunyoda millionlab foydalanuvchilar tomonidan tekshirilgan, tayanch antivirus texnologiyalari bilan ta’minlangan, foydalanuvchilar uchun mahsulot.
Kaspersky Mobile Security 8.0 – tarmoq hujumlaridan, mobil platformalar uchun zararli DT va SMS-spamlardan mobil qurilmalarni himoyalash hamda yo‘qotish holatlarida smartfonda bo‘lgan malumotlarni himoya qilish uchun qulay va ishonchli umumiy yechim.
Zamonaviy antiviruslarni tasavvur qilish qiyin bo‘lgan ko‘plab texnologiyalar birinchi bor aynan «Kasperskiy Laboratoriyasida» ishlab chiqilgan. Kasperskiy Antivirusi dasturi asosidan ko‘plab boshqa loyihachilar o‘z mahsulotlarida foydalanishlari tasodifiy emas: Microsoft (AQSh), Juniper (AQSh), Aladdin (Izrail), Alcatel-Lucent (Frantsiya), BlueCoat (AQSh), Deerfield (AQSh), Alt-N (AQSh), BorderWare (Kanada), Checkpoint (AQSh) va boshqalar.
Xavfsizlik kompleks texnologiyalari
«Kasperskiy Laboratoriyasi» mijozlar barcha kategoriyalari ehtiyojlarini hisobga oluvchi, viruslar, spamlar va xakerlar hujumlaridan ishonchli himoyalanishni ta’minlovchi keng turdagi yechimlarni taqdim etadi. Kompaniya uyda foydalanuvchilar hamda katta korporatsiyalar uchun ham mahsulotlar yaratadi.
Kaspersky Open Space Security Release 2 – Kaspersky Administration Kit 8.0 antivirusli himoyasini markazlashtirilgan boshqarish vositasi hamda ishchi stansiyalar va serverlarni himoyalovchi yangilangan qo‘shimchlardan iborat korporativ mahsulotlar yangi turi: dlya Windows Workstations uchun Kasperskiy Antivirusi va Windows Servers uchun Kasperskiy Antivirusi. Ularda xavfsizlik tizimi ishonchliligini va mahsuldorligini oshiruvchi yangi antivirusli yadro va evristik analizator kiritilgan. Barcha komponentlari Microsoft Windows 7 va Windows Server 2008 R2 operatsion tizimlari bilan to‘la mos keladi.
«Kasperskiy Laboratoriyasi» mutaxassislari tomonidan keraksiz xatlarni yo‘qotish yuqori sifati bilan ajralib turadigan spamlarni filtrlash Kaspersky® Anti-Spam majmuasi ham ishlab chiqilgan. «Kasperskiy Laboratoriyasi» mahsulotlari butun to‘la majmuasidan foydalanish zararli dasturlar va boshqa tashqi xavflardan himoyalash yuqori darajasiga erishishga imkon beradi.
«Kasperskiy Laboratoriyasi» mijozlari himoyalash mahsulotlari maksimal samaradorligini kafolotlovchi keng turdagi qo‘shimcha xizmatlardan foydalanadilar. Antivirus bazasi har soatda yangilanadi, spamga qarshi bazasi esa — kuniga 12 dan to 24 martagacha yangilanadi. Kompaniya mijozlari bir necha tillarda kunu tun davomida texnik qo‘llab quvvatlash bilan ta’minlanganlar (telefon va elektron pochta orqali). Mutaxassislar har qanday maxsus biznes-talablarga mos keladigan korporativ antivirusli majmualarni va axborot xavfsizligi tizimlarini loyihalashtiradilar, tatbiq etadilar va xizmat ko‘rsatadilar.
Mijozlar
Kompaniya asosan o‘rta va kichik biznes korxonalarini himoyalashga yo‘nalgan, ammo mijozlarimiz orasida ko‘plab rossiyalik va xalqaro davlat va tijorat tashkilotlari mavjud, jumladan: RF Markaziy Banki, RF Sberbanki, Tatneft, FNS RF, RF iqtisodiy rivojlanish Vazirligi, RF Nafaqalar jamg‘armasi, RF adliya Vazirligi, RF Moliya Vazirligi (Federal g‘aznasi), Rossiya IIV, RF prezidenti ishlari Boshqarmasi, Deutsche Bank (Germaniya), La Poste (Frantsiya), Airbus (EC), Polsha milliy xavfsizlik Byurosi, Frantsiya ta’lim Vazirligi, Italii tashqi ishlar Vazirligi, BBC Worldwide (Buyuk Britaniya), France Telecom, Hindiston temir yo‘llari va ko‘plab boshqalar.