Infocom.uz

Kompyuter atamalarini rivojlantirish orqali axborot jamiyatini taraqqiylashtirish

ictp_17_06_2010

BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati”ning birinchi nashri chop etilgan vaqtdan buyon besh yildan ko’proq vaqt o’tdi (birinchi nashr 2004 yilda chiqarilgan edi). Mazkur tarmoq jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgani, o’tgan davr mobaynida AKT taraqqiyotining turli yo’nalishlarini qamrab oluvchi bir qancha zamonaviy atamalar paydo bo’lgani, shuningdek aholining shunday nashrga qiziqishi kattaligi sababli lug’atning yangi tahririni ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi. Shu munosabat bilan, 2009-2010 yillar mobaynida BMT Taraqqiyot Dasturining ICTP Loyihasi tomonidan davlat xizmatchilari, o’qituvchilar, turli ta’lim muassasalarining talabalari, shuningdek aholi o’rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek shu sohadagi bilimlarni oshirish maqsadida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati”ning o’zbek tilidagi ikkinchi nashrini tayyorlash ishlari olib borildi. Garchi bu ikkinchi nashr avvalgisining mantiqiy davomi bo’lsa ham, o’quvchilar oldida yangi konseptual shaklda namoyon bo’ladi.

ictp_17_06_2010_1

ICTP Loyihasining elektron boshqaruv bo’yicha tadqikotlar kooridatori Damir Amirovning aytishicha, lug’atda 4000dan ortiq zamonaviy atamalar va tushunchalar, shuningdek ko’p qo’llaniladigan qisqartmalar qamrab olingan. Ikkinchi nashr 450dan ortiq diagrammalar, rasmlar, fotosuratlar va logotiplarni o’zida jamlagan, undagi atamalar grafik jihatdan ancha ko’proq to’ldirilganligi ham lug’atning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Nashrda AKT rivojlanishining turli yo’nalishlariga doir 20ta rangli tematik qo’shimchalar, inglizcha-o’zbekcha va ruscha-o’zbekcha atamalar lug’atlari, jahonda va O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi alohida bloklar tarzida namoyon etilgan.

ictp_17_06_2010_2

Yangi nashrda AKT rivojlanishining “an’anaviy” yo’nalishlaridan tashqari (apparatli va dasturiy ta’minot, kompyuter tarmoqlari, kompyuter grafikasi, axborotni saqlash qurilmalari), hozirgi vaqtda dolzarb bo’lgan biometrik texnologiyalar, sun’iy yo’ldosh orqali ishlovchi navigatsiya tizimlari, elektron hukumat, erkin va ochiq dasturiy ta’minot, teletibbiyot kabi mavzular ham o’rin olgan.

ictp_17_06_2010_3

Shuni ta’kidlash zarurki, bu safargi nashr doirasida shunday lug’atlarni ishlab chiqarish borasida to’plangan xalqaro tajribaga, shuningdek birinchi nashr o’quvchilaridan kelib tushgan mulohazalar va tavsiyalarga asoslanib, lug’at tuzilishini qayta ishlab chiqish hamda uning sifati va miqdorini talab darajasiga olib chiqish ishlari ham amalga oshirilgan.

ictp_17_06_2010_4

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati”ning dolzarb amaliy ahamiyati va ma’lumot tusida ekanligini, uning qulay dizayni, materiallarning puxta tizimga solinganligi, shuningdek o’zbek tilidagi atamalar bazasini yanada rivojlantirishga katta ulush qo’shishini hisobga olgan xolda, lug’at AKT sohasidagi mutaxassislar, shuningdek aholi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo’yicha bir vaqtning o’zida ham ma’lumotnoma, ham darslik bo’lib xizmat qilishi kutilmoqda.

ictp_17_06_2010_5

[note]“O’zbekiston H’ukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko’mak” (ICTP) loyihasi BMT Taraqqiyet Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda O’zbekiston Respublikasi G’ukumati o’rtasidagi qo’shma loyiha hisoblanib, O’zbekistonda AKTni ilgari surish va rivojlantirish hamda rivojlanish borasidagi muayyan maqsadlarga erishish uchun AKTdan foydalanishda respublika G’ukumatiga yordam berishga qaratilgan. “AKT Siyosati” loyihasi strategik maslahatlar berish, pilot tashabbuslarini amalga oshirish, salohiyatni mustahkamlash, jamoatchilik orasida xabardorlikni oshirish, davlat miqyosidagi va xususiy sheriklik munosabatlarini yaxshilash kabi yo’nalishlar bo’yicha bir qancha tadbirlarni amalga oshiradi.[/note]

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top