Infocom.uz

KOMPYUTER ISHQIBOZLARI UChUN GIMNASTIK MASHQLAR

Ma’lumki, har bir narsaning ham o‘z me’yori bo‘ladi. Me’yorini unitish esa inson organizmiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu bois, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan muloqot qilishda ulardan foydalanish qoidalariga amal qilishni o‘rgatib borish dolzarb masala hisoblanadi.

Kompyuter oldida soatlab o‘tiradigan ayrim ishqibozlar, o‘z xizmat doirasi bo‘yicha kun davomida doimo uning ro‘parasida bo‘ladigan: operator, dizaynerlar kabi katta yoshdagilar ham ma’lum muddat monitor oldida o‘tirganlaridan so‘ng maxsus gimnastik mashqlar bilan shug‘ullansalar, foydadan holi bo‘lmaydi. Shu maqsadda jurnalxonlarimizga ko‘zlar uchun quyidagi gimnastik mashqlarni tavsiya etamiz. Mazkur mashqlardan ko‘zlarining yanada ravshanlashishi, tiniqlashishi, toliqmasligini ta’minlashda samarali foydalanishlari mumkin.

Mazkur mashqlarni har kuni, muntazam ravishda, bir xil vaqtlarda takrorlab turish ko‘zlarga dam berib, ularni uzoq vaqt kompyuter, televizor va monitordan ko‘z uzmay, ishlashiga to‘g‘ri keladiganlarda ko‘zlarining toliqishi, turli jarohatlar olishining oldini oladi. Mashqlarni bajarish uchun alohida vaqt ajrata olmaydiganlar tanaffus chog‘ida, transportda ketayotganlarida ham amalga oshirishlari mumkin. Mashqlar bilan shug‘ullanish ko‘p vaqt talab etmaydi. Bir necha daqiqalik mashqlarni bajarib, dam olgandan keyin, tetiklashib, yana o‘z xizmat vazifalaringizni davom ettirishingiz mumkin. Har qanday sharoitda ham o‘z salomatligingizga g‘amxo‘rlik qilishni unutmang.

pic

Axir “Sog‘lom tanda – sog‘ aql”- deb bejiz aytmaganlar.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top