Infocom.uz

Kompyuter Kaynozoy 3D-zavrlari

90-yillar o‘rtalarida evolyutsiya katta sakrashni amalga oshirdi va dunyoga PC-uchun tezlatgichlar yaratdi, shu vaqtgacha hech kim jiddiy ishlash uchun mashinalar sifatida hisoblangan kompyuterlar uchun va ishlar yurishib ketdi. Shundan keyin va deyarli oxirgi paytgacha 3D-tezlatgichlari juda kichik va kam quvvat sarflanadigan edilar. Har doim ham shunday bo‘ladigandek tuyular edi. Lekin … Siz o‘quvchilar, esingizdami hammasi qanday boshlangan edi.
Аvvaliga xotira mikrosxemalari soni o‘sdi, lekin unchalik ko‘p emas (bu juda yaxshi edi, shu bilan birga ba`zi mikrosxemalarning xotirasi kattaligi ham oshdi va ularning umumiy soni uncha ko‘pga oshmadi). Shundan keyin ular shaxsiy sovutuvchi radiatorlariga ega bo‘ldilar. Shundan keyin ishlab chiqaruvchi firmalar video tezlatgichlar sovutish sistemalari ustida ishlashni boshladilar va shunday davom etdi.
Hozirda yo‘q bo‘lib ketgan, bir necha yil avval pVidia firmasiga qo‘shib olingan 3dfx firmasi tashqi quvvat oluvchi Voodoo 5/6 qurilmani ishlab chiqqanida ko‘plab kompyuterlar haqida yozadigan nashrlar bu tezlatgichning ustunliklari va kamchiliklarini tinmay muhokama qilib, deyarli bir ovozdan u (ya`ni, tashqi quvvat manbasi) – uning eng asosiy kamchiligi deb tan oldilar. Bir qancha vaqt o‘tdi va yana o‘sha Molex bilan kartalar paydo bo‘ldi – tashqi quvvat manbai raz`yomi bilan. Evolyutsiya – bu g‘alati narsa, to‘g‘rimi…
Oxirgi paytlarda turli firmalar ishlab chiqargan 3D-tezlatgichlari faqatgina o‘zining mahsuldorligi va imkoniyatlari bilangina emas, balki o‘zining hajmi – “og‘irligi” ko‘rsatkichlari, ko‘p quvvat talab etishi bilan ham tasavvurni xayron qoldiradi. Ular hozirgi davrning 3D-monstrlari go‘yo.
Bu yo‘l to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi biz o‘ylab o‘tirmaymiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Lekin agarda siz kompyuteringiz ichidagi sistemali blokda bugungi kundagi va kompyuterli ertangi kundagi “zavrlar” va monstrlar tinch kelishishlarini, ishlashlarini istasangiz unda kompyuter quvvat bloklari kamida 480 V (yaxshisi ko‘proq bo‘lsin) bo‘lishiga harakat qiling.
Nima uchun bunday paleo, arxeofuturistik izlanishlar kerak. Bu juda oddiy. Bir yildan keyin, balki undan oldinroq high-end-echimlari hisoblanganlar foydalanuvchilar keng ommasi uchun mumkin bo‘lib qoladi (lekin bu ham har doim emas – professional echimlar har doim qimmat bo‘ladi). Shuning uchun eng yangi va eng qimmat kompyuterlarga qiziqish har doim katta. Bu kelajakka nazar solish kabi. U hamma uchun emas bo‘lsa ham baribir boshlangan (“orqaga kelajakka”).
3Dlabsdan Maxayrod (Wildcat Realizm 800).
Bu firmaning hamma videotezlatgichlari Wildcat nomi bilan ataladi, bu ajoyib mushuk bilan osongina o‘xshashib ketadi.

Wildcat Realizm 800 (PCI Express 16x)
Bu qilich tishli qurilmaning ko‘rsatkichlari hayron qoldiradi: katta kojux ichida ikkita VPU (ya`ni, bu ikki protsessorli grafik tezlatgich) va bitta VSU (Veltex/Scalabitity Unit) joylashtirilgan. Hammasi bo‘lib unda – 640 MB GDDR3 xotira. Ulardan 512 MB GDDK3 o‘tkazish kengligi 512 bit bo‘lgan “oddiy” xotira va 128 bit kennglikka ega DirectBurst 128 MB GDDK3 xotirasi. Eng yuksak o‘tkazish qobiliyati 64 Gb/sekundga etadi. Karta VGА BIOS va konfiguratsiyani saqlash uchun 64 KV EEPROM flesh-xotira bilan ta`minlangan. Teksturalar hajmini – 8 x 8 K gacha ta`minlaydi. Ikkita monitorga ulanish imkoniyatiga ega. Drayverlari Windows 2000/XP va Linux uchun ham bor, bu hozirgi davrda yaxshi sifat belgisi hisoblanadi (va shuni aytish kerakki grafik kartalar ishlab chiqaruvchilarning hammasi Windows va Linux uchun ham drayverlar ishlab chiqaradilar, buni audiokartalar ishlab chiqaruvchilar haqida aytish mumkin emas).
Tezlatgichga framelock/gunlock vazifalari uchun ikkita Wildcat Realizm Multiview qo‘shimcha platalar ko‘rinishida “qo‘shimchalar” bor, bu uni shundoq ham kichik bo‘lmagan narxini yana 600 dollarga qimmatlashtiradi.
АPIda ishlashni ta`minlovchi:
OpenGL ® 2.0 (Full Support When ratifieldni to‘liq ta`minlaydi)
OpenGL 1.5, OpenGL Shading Language bilan Microsoft Direct X ® 9.0, High Level Shader Language bilan (HLSK, VS 2.0, PS 3.0)

Wildcat Realizm Multiview

Bu esa kichik kattalikka ega qurilma
3Dlabs Realizm 200 (АGP 8x).
Lekin 3Dlabs mushukchalar turlari vakillariga e`tiborimizni juda jalb qilib o‘tirmaylik.
Ular professional tezlatgichlar evolyutsiyasi davrida ancha tor ahamiyatga ega va bizni asosan tendentsiya nuqtai nazaridan qiziqtiradi.
Oddiy ixtiozavr (nVidia FX 6800)

Bu qurilmani turiga ajratish bir oz qiyinroq bo‘ldi, lekin reklama tasviri sifatida Nalu rusalkasidan foydalanganligi yordam berdi. U suv jonzodi, xuddi ixtiozavr kabi. Yana ba`zi ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotlari uchun suvdan sovutish uchun foydalanishga harakat qilganlarini hisobga olsak (Gainward) qandaydir o‘xshashlik namoyon bo‘ladi…

nVidia FX 6800 Ultra Gainward

Bu esa Leadtek monstrchasi WinFast А400 TDH (orqa tomonida ham mis radiator bor)
Аmmo Gigabytedan ham bir qurilma bolr, sovutish ventilyatorlariga ega emas. Radiatori ham uncha katta emas. Sovutish issiqlik trubkalarida amalga oshirilgan.

Gigabyte 6800 GV-R68128DH
Shunday qilib, nVidia ning bu ajoyib qurilmalari nimasi bilan xursand qiladi va xayron qoldiradi?
Grafik yadrosi – 256 bit (tranzistorlar soni 222 million!!!)
Xotira shinasi – 256 bit
Xotira shinasining o‘tkazish qobiliyati – 35,2 GB/sek.
Yadrosining ishlash chastotasi 325 MHz (350 MHz 6800 GTda va 400 MHz 6800 Ultra da)
Konveerlar soni – 12 (6800 GTda va 6800 Ultrada 6 tadan)
Taktga kiritiladigan teksturalar maksimal soni – 12 (16 ta 6800 GT uchun va 6800 Ultra)
Sahnani to‘ldirish maksimal tezligi, mln piksel – 3900 (5600 6800 GTda va 6400 6800 Ultrada)
Quvvati (maks) – 100 – 100 Vt*
Quvvat blokining tavsiya etiladigan quvvati (min) – 480 Vt

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top