Infocom.uz

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 Samarqand shahri mintaqaviy saralash turniri

Bosh homiy «Bilayn». Chempionat 23-iyun kuni Buxoro shahrida muvaffaqiyat bilan start oldi, 24-iyun kuni Buxoro shahrida Buxoro va Navoiy viloyati geymerlari mintaqaviy turniri yorqin va qiziqarli o‘tkazildi. Samarqand chempionatni davom ettiradi va 1-iyul kuni mamlakatimiz chempionatining navbatdagi mintaqaviy bosqichi Samarqand iqtisod va servis instituti Akademik litseyida o‘tkaziladi.

2012-yil 14-iyun kuni Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Uzbekistan Cyber Games Beeline 2012 start oldi. Iyun-iyul oylari mobaynida Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkent shaharlarida mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi. 11-avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UCG Beeline 2012 chempionatining milliy final o‘yinlari, 12-avgust kuni esa – g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

«1-iyul kuni Samarqand iqtisod va servis instituti Akademik litseyining muhtasham yangi binosi majlislar zalida eng ommaviy FIFA va Counter Strike 1.6. o‘yinlari bo‘yicha mintaqaviy final musobaqalari o‘tkaziladi. Samarqand shahrida Samarqand, Jizzax viloyati geymerlari kuch sinaydilar, – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari, Aleksandr Suchkov. – Mintaqaviy saralash turnirlarini o‘tkazish joylarini shunchaki tanlaganimiz yo‘q. Kompyuter o‘yinlari yoshlarimizning AKT bo‘yicha bilimlari doirasini yanada boyitadi deb umid qilamiz. Biz barkamol avlod tarafdorimiz. O‘yinlar yoshlarimizlarning bilim olishlariga xalaqit bermasligi, balki uning doirasini yanada to‘ldirishini istaymiz. Mintaqaviy saralash turniri g‘oliblari «Bilayn» sovrinlari bilan taqdirlanadilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy final o‘yinlarida ishtirok etadilar».

Mazkur hodisani sharhlar ekan, «Bilayn»ning mintaqaviy filiali direktori, Dilshod Anarmetov shunday dedi: «Biz shunday katta miqyosda o‘tkazilayotgan tadbir – Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha Milliy Chempionatni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz. «Bilayn» – bu yorqin yoshlar brendidir, kompaniyamiz O‘zbekistonda e-sportining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Bugungi kunda bizning uchinchi avlod tarmog‘imiz deyarli Samarqand va Jizzax viloyalarining barcha tumanlari hududini qamrab olgan, 3G «Bilayn» butun mamlakat bo‘yicha 130ta shahar va aholi punktlarida xizmat ko‘rsatmoqda».

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Milliy chempionat g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada o‘tkazilgan WCG Jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar. 2007-yil Makaoda bo‘lib o‘tgan va 2009-yil Vetnamda Yopiq binoda o‘tkazilgan (AIG) Osiyo o‘yinlarida erishilgan kumush medallar mamlakatimiz e-sportchilarining yuksak yutug‘idir. Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 natijalariga ko‘ra navbatdagi Jahon chempionati WCG 2012 va 2013-yilda Janubiy Koreyada yopiq binolarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Samarqand shahridagi hududiy filialning foto hisoboti quyidagi ishora bo‘yicha: https://www.facebook.com/media/set/?set=a.428018957242705.107140.124711857573418&type=1

«Bilayn» o‘yinlar serveri http://games.beeline.uz/.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: