Infocom.uz

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 start oldi!

Chempionat tashkilotchilari: Fond Forum, «Kelajak ovozi» Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnalidir. Bosh homiy «Bilayn» Kompaniyasi. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi O‘zAAA hisoblanadi.

Chempionat tashkilotchilari nomidan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori Xurshid Mirzaxidov,

«Kelajak ovozi» Yoshlar tashabbuslari markazi loyihalar koordinatori Abduhakim Abduraimov va UNITEL MCHJ (savdo belgisi «Bilayn») Bosh direktori Andrey Safronyuk so‘z oldilar.

Andrey Safronyukning matbuot-anjumanidagi chiqishi UCG Beeline 2012 videoroligi taqdimotini bu yerdan saqlab olishingiz mumkin.

Chempionat qanday o‘tkazilishi to‘g‘isidagi taqdimot bilan InfoCOM.UZ jurnali tahrir hay’ati raisi, chempionat tashkiliy qo‘mitasi raisi, A.Suchkov so‘zga chiqdi.

Chempionat ikki bosqichda o‘tkaziladi. Iyun-iyul oylari mobaynida Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkent shaharlarida mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi. 11-avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UCG Beeline 2012 chempionatining milliy final o‘yinlari, 12-avgust kuni esa – g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Chempionat o‘tkazilishi tartibi, mintaqaviy turnirlar manzillari va milliy final o‘yinlari, g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazish sanalari bilan bu yerda tanishishungiz mumkin.

Chempionat rasmiy o‘yinlari: Counter Strike 1.6 5?5, Dota AllStars 5х5, NFS Most Wanted va FIFA 2011’dan iborat.

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Milliy chempionat g‘oliblari AQSH, Singapur, Italiya va Germaniyada o‘tkazilgan WCG Jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.

2007-yil Makaoda bo‘lib o‘tgan va 2009-yil Vetnamda Yopiq binoda o‘tkazilgan (AIG) Osiyo o‘yinlarida erishilgan kumush medallar mamlakatimiz e-sportchilarining yuksak yutug‘idir. Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 natijalariga ko‘ra navbatdagi Jahon chempionati WCG 2012 va 2013-yilda Janubiy Koreyada, yopiq binolarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Matbuot-anjumani fotoreportajini bu yerdan saqlab olishingiz mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top