Infocom.uz

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 start oldi!

«2003-yildan boshlab infoCOM.UZ jurnali O‘zAAA qo‘llab-quvvatlashi asosida 2004-2008 yillarda World Cyber Games Jahon saralash turnirlari hamda 2007 va 2009-yillarda yopiq binolarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarining o‘tkazilishida Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining doimiy tashkilotchisi hisoblanadi. O‘tgan yillardagi o‘yinlarda e-sportchilarimiz katta yutuqlarga erishdilar. Masalan, Osiyo Olimpiya kengashi patronaji ostida Makaoda AIG 2007 va Vetnamda o‘tkazilgan AIG 2009 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari ikki kumush va ikki bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

Bu bizning e-sportchilarimiz yuksak mahoratga ega ekanliklaridan dalolatdir, – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari, Aleksandr Suchkov. – Bu yil chempionatimiz hamkor tashkilotchilari safida shunday yuqori mavqega ega bo‘lgan Fond Forum va «Kelajak ovozi» kabi tashkilotlar borligidan juda xursandmiz, Bosh homiy esa – «Bilayn» savdo belgisidir. Bunday tashkiliy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotganligi sababli bu yilgi chempionatimiz juda keng miqyosda va qiziqarli bo‘lib o‘tadi, degan umiddamiz».

UCG Beeline 2012 rasmiy o‘yinlari:
• Counter Strike 1.6 jamoali o‘yin
• Dota All Star 5х5 jamoali o‘yin
• NFS Most Wanted
• FIFA dan iborat.

Mazkur hodisani sharhlar ekan, Unitel MChJ Bosh direktori Andrey Safronyuk, shunday dedi: «Beeline ilgari ham mahalliy geymerlik turnirlarini qo‘llab-quvvatlagan, biroq O‘zbekiston chempionatining asosiy hamkori bo‘lish – bu alohida yuqori ehtirom darajasidir, kompaniyamizga O‘zAAA tomonidan bildirilgan ishonch uchun alohida minnatdorlik bildiramiz. Respublikada yosh avlodni har jihatdan barkamol bo‘lib rivojlanishi uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda, shuningdek, telekom-tarmog‘ining innovatsion yetakchisi bo‘lgan «Bilayn» ham kompyuter va internet-texnologiyalari taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda».

Chempionat ikki bosqichda o‘tkaziladi. Iyun-iyul oylari mobaynida Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkent shaharlarida mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi. 11-avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UCG Beeline 2012 chempionatining milliy final o‘yinlari, 12-avgust kuni esa – g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Milliy chempionat g‘oliblari AQSH, Singapur, Italiya va Germaniyada o‘tkazilgan WCG Jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.

2007-yil Makaoda bo‘lib o‘tgan va 2009-yil Vetnamda Yopiq binoda o‘tkazilgan (AIG) Osiyo o‘yinlarida erishilgan kumush medallar mamlakatimiz e-sportchilarining yuksak yutug‘idir. Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 natijalariga ko‘ra navbatdagi Jahon chempionati WCG 2012 va 2013-yilda Janubiy Koreyada yopiq binolarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top