Infocom.uz

Kompyuter o‘yinlari – sanoatning ijodiy sohalari tayanch qismi sifatida. Germaniya Federativ Respublikasi «Computer Games as a Key Part of the Creative Industries» tashrif buyuruvchilari Dasturi ishtirokchisining kundaligi

Germaniya kabi jahonning jiddiy va juda rivojlangan mamlakatlarida kompyuter o‘yinlariga munosabatlar qanday? Bu juda qiziqarli.

Dastur ishtirokchisi kundaligi
Meni O‘zbekistondagi Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasiga chaqirib, Germaniya Federativ Respublikasi «Computer Games as a Key Part of the Creative Industries» tashrif buyuruvchilari Dasturi ishtirokchisi bo‘lishni taklif etganlarida hayron bo‘lganligimni tan olish kerak. Dunyoda jahon iqtisodiy inqirozi davom etmoqda, men hurmat qiladigan mana shu mamlakatning tashqi ishlar vazirligi esa kompyuter o‘yinlari industriyasi bilan tanishish maqsadida taklif qiluvchi tomon hisobidan Germaniyaga borishni taklif etmoqda. Ammo dastur bilan tanishib chiqqanimdan so‘ng o‘yinlar o‘yinlar bilan, tur esa Germaniyaning to‘rtta shaharlari: Myunxen, Kyoln, Berlin va Leypsigda bo‘lib o‘tadigan juda jiddiy tadbirlirni ko‘zda tutishini tushundim. Bundan tashqari, ushbu dasturda turli mintaqalardan jahonning 13 mamlakati vakillari ishtirok etadilar. Kompyuter o‘yinlari mavzusi jurnalxonlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador, shu bilan birga, tahririyatimiz kompyuter o‘yinlari bo‘yicha barcha O‘zbekiston chempionatlarining doimiy tashkilotchisi hisoblanadi, shuning uchun ham ushbu dasturda ishtirok etishga rozi bo‘ldim.

Bizning Germaniya bo‘ylab sayohatimiz Myunxen shahridan boshlandi.

Myunxen – bu faqatgina «Oktoberfest» emas, balki kompyuter o‘yinlarini rivojlantirish markazi hamdir.
Germaniyaning erkin Myunxen shahri bir vaqtning o‘zida Bavariyaning va Yuqori Bavariya ma’muriy okrugi poytaxti hisoblanadi. U – Bavariyaning eng katta va Berlin hamda Gamburgdan keyin Germaniyaning uchinchi shahridir. Zamonaviy Myunxen, oddiy inson uchun birinchi navbatda, «Oktoberfest» (nemis tilida Oktoberfest – har-yili sentabr oyi oxirlari – oktabr oyi boshlarida o‘tkaziladigan piva, krendellar, qovurilgan tovuqlar va karusellar festivali) piva festivali bilan tanish. Kompyuter o‘yinlari ishqibozlari uchun Myunxen kompyuter o‘yinlarini yaratish, nashr qilish va hatto kompyuter o‘yinlari industriyasining madaniy markazi hisoblanishini aytib o‘tish lozim. Dasturimizning birinchi punkti Travian Games GmbH kompaniyasi ofisiga tashrif buyurish bo‘ldi. Ushbu kompaniya bir tashabbuskor, kompyuter o‘yinlari yaratuvchisining harakatlari bilan yaratilgan kompaniyaning o‘yinlarini jahonning 50 dan ortiq mamlakatlarida millionlab foydalanuvchilar o‘ynashlariga misol bo‘la oladi. Gerard Myuller 2004-yilda Travian o‘yini birinchi versiyasini yaratadi, 2005-yilda esa atigi uch kishidan iborat xodimlar bilan Myunxenda loyihalashtiruvchilar kompaniyasini tashkil etadi, bu kompaniya 4 yildan keyin katta kompaniyaga aylanadi.

2007-yilda Travian Games GmbH ishchilari sonini 50 kishiga yetkazadi, 2008-yilda kompaniyada 70 ga yaqin xodimlar mehnat qiladilar, shu bilan birga, Travian o‘yini millionlab foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘ladi. Turli mamlakatlarda 3,5 millionga yaqin geymer shu o‘yinni o‘ynaydilar, buning uchun kompaniya uning 40 tildagi versiyasini yaratadi.

Bugungi kunda kompaniyada 110 xodim xizmat qiladi, Travian strategik brauzeroi o‘yinni esa 5,2 milliondan ortiq geymerlar o‘ynaydi, o‘yin 51 tildagi, shu jumladan, rus tilidagi versiyasiga ega. Mazkur o‘yinni o‘ynovchilarning asosiy qismi Germaniyada ekanligi tushunarli albatta, ammo, internetning rus tilida foydalanuvchilari uchun 10 ta rus tilidagi serverlar: 8 oliy (T3.5 versiyasi), bitta katta tezlikdagi va bitta klassik (T2.5 versiyasi) serveri mavjud. Serverlarning har birida 20-40 ming foydalanuvchilar qayd etilgan, on-layn rejimida doimiy ravishda, ikki mingga yaqin foydalanuvchilar mavjud. Umumiy hisobda rus tilidagi serverlarda — 230 mingdan ortiq foydalanauchilar qayd etilgan (2009-yil 1-iyun holati bo‘yicha). Rus tili segmenti ushbu o‘yinda eng katta segmentlardan biri hisoblanadi. Manba: http://ru.wikipedia.org/wiki/Travian.

Uchrashuv paytida Travian Games GmbH kompaniyasi ijrochi direktori Florian Bon (Florian Bohn) kompaniya rivojlanishda to‘xtamasligini va bugungi kunda o‘zining foydalanuvchilariga to‘rtta o‘yini taklif qilishini aytdi:

germ_30_09_2009

• Travian (Travian) o‘yini — brauzerli o‘yin-strategiya. O‘yinning mazmuni qishloqda qurish va rivojlantirish, boshqa o‘yinchilar bilan savdo va harbiy harakatlar olib borishdan iborat. O‘yin hodisalari shartli ravishda, qadim zamonda sodir bo‘ladi. O‘yinning rus tilidagi serveri www.travian.ru manzilida joylashgan.
• Imperion – o‘rnatishni talab qilmaydigan brauzerli strategik o‘yin. Rus tilidagi versiyasidan www.imperion.ru manzilida foydalanish mumkin.
• Travians o‘yini – bu ham brauzerli o‘yin, bu o‘yin 2008-yilda chiqarilgan. Bu o‘yin ko‘proq ayollar orasida mashhur. Hozircha nemis va italiya tillaridagi versiyalari mavjud.
• Weweii o‘yini – brauzerli o‘yin – iqtisodiy simulyator. Bu kompaniyaning uchinchi o‘yini.

Hozirgi paytda beshta versiyasini sozlash ishlari olib borilmoqda va faqatgina nemis tilida mavjud.
Shunday qilib, Travian Games GmbH kompaniyasi to‘rt yil davomida brauzerli o‘yinlar loyihachisi – kuchli kompaniyasini yaratishga erishganini, shu bilan birga, ushbu o‘yin foydalanuvchilari faqatgina Germaniyada emas, balki turli mamlakatlarda ekanliklarini va ularning soni minllionlarni tashkil qilishini ko‘rib turibmiz. Kompaniyaning www.traviangames.com saytiga kiring va u nima uchun va qanday qilib mashhur bo‘lganligini tushunib olishingiz mumkin bo‘ladi.

IDG Entertainment Media GmbH nashriyot kompanisiga tashrif buyurish
Axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekistonda yagona jurnalning jurnalisti va muharriri sifatida IT-jurnalistikasi sohasidagi Germaniyadagi katta nashriyot kompaniyasiga tashrif buyurish men uchun juda qiziqarli bo‘ldi. Myunxen shahridagi IDG Communications Media AG nashriyot AQSh’ning Boston shahri International Data Group (IDG) kompaniyasi sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Ushbu korxona 30 yildan ortiq davrlik tarixiga ega va faqatgina nemis tilini biladigan o‘quvchilarga mo‘ljallangan. IDG Communications Media AG kompaniyasi o‘zini davriy jurnallar, ixtisoslashtirilgan nashrlar nashr etadigan hamda ixtisoslashtirilgan saytlar va hatto xususiy internet-televideniye (web-TV) studiyasiga ega tarmoqli media-kompaniya (The Networked Media Company) deb hisoblaydi. Davriy jurnallarining umumiy adadi oyiga 1 mln. nusxadan ortiqni tashkil etadi. Kompaniya PC-WELT, GameStar, GamePro, Digital World, Macwelt, COMPUTERWOCHE, CIO va ChannelPartner kabi mashhur jurnallarni nashr etadi.

IDG Entartainment GmbH shef-muharriri Kristian Shmidtning (Christian Schmidt) so‘zlariga qaraganda, kompyuter o‘yinlariga bag‘ishlangan jurnallar bugungi kunda o‘quvchilar orasida juda mashhur. Misol uchun, GameStar jurnali adadi oyiga 178 ming nusxaga yetdi. Alohida o‘yinlarga bag‘ishlangan maxsus jurnallar ham mashhur bo‘lib bormoqda. Misol uchun, nashriyot World of Warcraft va Sims o‘yinlari ishqibozlari uchun jurnallar nashr etadi, ushbu jurnallar doimiy o‘z o‘quvchilariga va mashhurlikka ega.

germ_30_09_2009_1

O‘quvchilarning bosma versiyasidan nashrlarning on-layn versiyalariga o‘tishlari ham muhim hisoblanadi. Misol uchun, IDG Communications Media AG axborot loyihalari har oyda 25 mln.dan ortiq foydalanuvchilarni jalb etadi, shu bilan birga, nodir foydalanuvchilar soni (xostlar) oyiga 3,6 mln. dan ortiqni tashkil etadi. Bundan tashqari, kompaniya xususiy internet-telestudiyasini yaratdi va har oyda Internet tarmog‘ida axborot texnologiyalari hamda birinchi navbatda, o‘yinlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli yo‘nalishlar bo‘yicha 500 daqiqadan ortiq xususiy teledasturlarini joylashtiradi. Taqdimotdan so‘ng biz ofis bo‘ylab qisqa ekskursiya imkoniga ega bo‘ldik. web-TV studiyasida hamda turli ishlab chiqaruvchilarning bir necha o‘nlab videokartalari va bir necha tizim platalari test sinovlaridan o‘tkazishga taqdim etilgan test sinovlari laboratoriyasida bo‘ldik. Geymer nimani va kimdan sotib olishi kerakligini aniq bilishi kerak 🙂

Aytgandek, taqdimot marosimida bizga xabar qilganlaridek, nashriyot kompyuter o‘yinlari industriyasini har tomonlama targ‘ibot qilish bilan bir qatorda, OAV vositalarining bolalarga zararli ta’siriga qaratilgan dasturlarda faol ishtirok etadi, buning uchun Germany’s Federal Center for Political Education (BPB) – o‘yinlar industriyasini nazorat qilish bo‘yicha markaz bilan doimiy hamkorlik olib boradi. O‘yinlar o‘sib kelayotgan avlodga zarar keltirmasligi kerak.

Brainmonster Studios GmbH rivojlantiruvchi o‘yinlari
Kunning ikkinchi yarmida biz Brainmonster Studios GmbH studiyasi ofisiga tashrif buyurdik. Ushbu studiyaning nomi «Dovyurak monstrlar studiyasi» kabi tarjima qilinsa ham, kompaniya sarguzashtlar ko‘rinishidagi (learning adventure) o‘quv o‘yinlari yaratuvchisi hisoblanadi. Ushbu studiya yaratgan o‘yinlar personajlari orasida haqiqatda ajdarjocha, bor, ammo u rahmdil. Albatta, mumkin bo‘lgan darajada yomon personajlar ham mavjud, ammo ijobiy qahramonlar doim g‘alaba qozonadilar.

Brainmonster Studios GmbH kompaniyasi 2005-yilda psixologiya, tibbiyot, pedagogika va dasturlashtirish sohalari mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan. Loyiha rahbari Ralf Bojen (Ralph Bojen) o‘zi ishlaydigan kompaniya bilan tanishtirar ekan avvaliga o‘quv va rivojlantirish o‘yinlarini yaratib, foyda olish va ushbu yo‘nalishda biznes yuritish mumkinligiga hech kim ishonmaganligini aytadi.

germ_30_09_2009_2

Bizga kvesta (aniq bir topshiriq bilan sarguzashtlar) janrida bajarilgan 2weistein o‘quv o‘yini taqdim etildi. Qahramonlar bosqichlarga o‘tib va turli topshiriqlarni bajarib, shu bilan bir qatorda, mantiq asoslari, arifmetika va boshqa ko‘plab sohalarda bilim o‘rganadilar. O‘yin turli platformalar va operatsion tizimlar uchun versiyalariga ega. Bundan tashqari, ushbu o‘yin uchun maxsus tachped manipulyatori dizayni bajarildi, uni o‘yin bilan birgalikda sotib olish mumkin. 2 weistein o‘yinini taqdim qilish paytida loyihachilar personajlar va murakkabligi bo‘yicha turli bosqichlar qanday yaratilganligini ko‘rsatdilar. O‘yin syujetlari zavqli bo‘lganligi sababli bolalarni qiziqtiradi va shu bilan birga, o‘yin paytida yosh geymerlarga 200 dan ortiq matematik boshqotirmalarni yechishlariga to‘g‘ri keladi. Yana bir tomoni, loyihachi o‘z o‘yinini yaratish paytida uni testdan o‘tkazish uchun bolalarni taklif etadi, umuman o‘yin ular uchun yaratiladi. Shunday qilib loyihachi u yoki bu personaj, syujet yoki bosqichi foydalanuvchilarga yoqishi, yoqmasligi foydalanuvchilarning o‘zlaridan bilib oladi. O‘yin bilan www.2weistein.de saytida tanishish mumkin.

Mening: Germaniya hukumati kompaniyaning rivojlanishiga qanday yordam ko‘rsatadi? – degan savolimga (kompaniya byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan edi), jamoatchilik bilan aloqalarga javob beruvchi Elke Vestermeyer (Elke Westermeier) hukumat kompaniyaning faoliyatini ijobiy baholashini, ammo kompaniya hech qanday maxsus davlat byudjeti yordamini olmasligini aytdi. Kompaniya bozor sharoitlarida ishlaydi va ota-onalar va bolalarga yoqadigan mehribon hamda rivojlantiruvchi o‘yinlarni yaratadi. Brainmonster Studios GmbH kompaniyasi to‘g‘risida batafsil malumotlarni www.brainmonster-studios.de. saytidan olish mumkin.

Videospielkultur e.V. videoo‘yinlar madaniyati jamiyatiga tashrif buyurish
Ko‘pchiligimiz o‘yinlarga ermak, ovunchoq sifatida, ba’zilar sportning yangi turi sifatida, ba’zilar kompyuter klubidagi ish joyi sifatida qaraydilar. Myunxenda esa kompyuter o‘yinlariga (ingliz tilida ularni umumiy termin – videoo‘yinlar termini bilan ataydilar) madaniyat yangi turi sifatida munosabatda bo‘ladilar. Hatto Videospielkultur e.V. video o‘yinlar madaniyati jamiyati ham mavjud, ushbu jamiyatga tashrif buyurish baxtiga sazovor bo‘ldik. Videospielkultur e.V. tashkiloti qiziqishlari bo‘yicha klub, xususiy o‘yinlarini yaratuvchilar ofisi hamda kompyuter o‘yinlari hamda o‘yin mavzusi bilan bog‘liq turli jurnallar va boshqa adabiyotlar bo‘yicha boy kutubxonadan iborat. Hamjamiyat a’zolari bu yerga kelib, o‘yinlar to‘g‘risida suhbatlashish, o‘yinlar rivojlanishi tarixini o‘rganish, o‘yin janrlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida tortishish va oddiy xususiy kompyuterdan tortib, turli konsollar hamda manipulyatorlargacha bo‘lgan zamonaviy platformalarda o‘yin o‘ynashlari mumkin. Bu yerda kibersport va natija uchun emas, balki shunchaki dildan, ko‘ngilochish, hordiq chiqarish uchun o‘ynaydilar. Mening fikrimcha, texnologik ishlanmalarni hamda musiqa, matn, syujet, foto, video va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni o‘z ichiga oluvchi kompyuter o‘yinlari haqiqatda bugungi kunda umuminsoniy madaniyatning bir qismi bo‘lib qoldi. Bularning barchasi hozirgacha bo‘lmagan interaktiv shaklda, shu bilan birga, bir hamda ko‘pchilik foydalanuvchilar shaklida mavjud.

Vaziyat taxminan qachonlardir komikslar yoki installyatsiyalar zamonaviy san’tida bo‘lgan vaziyatga yaqin. Mashhur kompyuter o‘yini motivi bo‘yicha badiiy film suratga olinishi to‘g‘risida misollar mavjud. Axir teatrda, kinoda, har qanday sahnada aktyorlar o‘z rollari va partiyalarini o‘ynashlariga hayron bo‘lmaymizku. Men kabi videoo‘yinlarni madaniyat deb hisoblaydigan hamfikrlar orasida bo‘lish juda yoqimli bo‘ldi. Videoo‘yinlar madaniyati jamiyati to‘g‘risida www.videospielkultur.org saytidan to‘la ma’lumot olish mumkin. Myunxenga tashrifimiz mana shunday madaniyatli kayfiyatda yakunlandi.

«Reyn Metropoliyasi» o‘yini. Dasturimizda keyingi manzil Kyoln shahri bo‘ldi. Bu Shimoliy Reyn-Vestfaliya davlat okrugining poytaxti. Kyoln Germaniyaning aholisi soni bo‘yicha to‘rtinchi va maydoni bo‘yicha uchinchi shahri hamda mamlakatning katta iqtisodiy hamda madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. «Reyn Metropoliyasi», Kyolnni ko‘rincha shunday ataydilar, — bu Rim davridan boshlab, uzoq vaqt davomida Yevropa tarixida katta rol o‘ynagan, Germaniyaning qadimiy shaharlaridan biri. Kyoln o‘zining asosiy ibodatxonasi, Germaniyaning asosiy katolik cherkovlaridan biri — Kyoln cherkovi bilan mashhur. Yana so‘nggi yillarda Kyoln o‘yinlar «Reynda Metropoliyasi» bo‘lib qoldi, kompyuter o‘yinlari, o‘yinlar qurilmalari loyihachilari va ishlab chiqaruvchilari hamda jahonning eng yaxshi geymerlari to‘planadigan joy bo‘lib qoldi.

2008-yilda kompyuter o‘yinlari bo‘yicha jahon Chempionati World Cyber Games 2008 jahon finali mana shu ajoyib shaharda bo‘lib o‘tganini doimiy muhlislarimiz esdan chiqarmagan bo‘lsalar kerak. Katta Koelnmesse ko‘rgazmalar markazida o‘shanda 14 rasmiy o‘yinlar bo‘yicha chempionat medallari uchun kurash olib borish maqsadida jahonning 78 mamlakatidan 800 dan ortiq eng yaxshi geymerlar to‘plangan edilar. Ma’lum bo‘lishicha, Reyn qirg‘oqlarida va Koelnmesse ko‘p sonli pavilyonlarida kompyuter o‘yinlari sohasidagi yagona hamda hatto eng muhim hodisa emas ekan.

GamesCom ko‘rgazmasi – Yevropa va balki jahonning asosiy o‘yinlar ko‘rgazmasidir.
O‘tgan-yili, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta Koelnmesse ko‘rgazmalar majmuasi 8-sonli pavilonida ro‘yxatdan o‘tayotganida o‘yin texnologiyalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan GamesSom 2008 ko‘rgazmasi reklamasini ko‘rgan edik. Ko‘rgazma birinchi bor 2008-yilda o‘tkazildi va darhol Yevropada katta o‘yin ko‘rgazmasiga aylandi.

Eng qiziqarli tomoni Germaniyada ikkita Games Convention va GamesSom o‘yinlar ko‘rgazmalari o‘rtasida qattiq kurash boshlandi, birinchisi Leypsigda, ikkinchisi esa Kyolnda bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yil avgust oyidayoq, Bundesverband Interaktive Unterhaltungssoftware (BIU) (interfaol dasturli ta’minot Federal birlashmasi kabi tarjima qilinadi) assotsiatsiyasi mashhur Leipzig Games Convention ko‘rgazmasining – Leptsigdagi ko‘rgazma mashhur bo‘lmaganligi uchun emas, shunchaki Kyolnda yanada kattaroq ko‘rgazma majmuasi mavjud bo‘lganligi uchun kechiktirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qilgan. Albatta, Leipziger Messe tashkilotchilari – Games Convention ko‘rgazmasi egalari bu taklifni rad etdilar.

Shunda BIU rahbariyati Kyolnda yangi GamesSom ko‘rgazmasini tashkil qilishga qaror qildilar. O‘tgan yil oxirida tashkilotchilar ko‘rgazmani yana avgust oyi oxirida, Games Convention bilan bir vaqtda, o‘tkazishga qaror qilganliklari ma’lum bo‘ldi. Yetakchi nemis nashriyotlari va o‘yinlar loyihachilari kuchlarini birlashtirdilar hamda Kyolnda kengligi bo‘yicha misli ko‘rilmagan ko‘rgazmani tashkil qilishga qaror qildilar. Leypsig shahridagi Games Convention ko‘rgazma ham juda mashhur va jadal rivojlanib borayotganligiga qaramay, shunday qarorga keldilar. Masalan, Games Convention ko‘rgazmasida 2008-yilda 203 ming geymerlar (yoki haqiqiy o‘yin ishqibozlari) ishtirok etdilar. Leypsigga 48 mamlakatlardan 3800 jurnalistlar keldilar. O‘yinlar ko‘rgazmasini o‘tkazish huquqi uchun ikki shaharning kurashi Germaniya Yevropaning va hatta jahonning o‘yinlar markaziga aylanib borayotganligini hamda hatto mamlakat ichida ham ko‘rgazma o‘tkazish uchun raqobatchilik kurashi borayotganligini anglatadi.

Ko‘pchilik mutaxassislar ko‘rgazmalar maydoni soni ko‘pligi hisobiga GamesSom ko‘rgazmasining imkoniyatlari katta deb hisoblaydilar. Leipziger Messe ko‘rgazmalar majmuasi rahbariyati o‘z ko‘rgazmasi mazmunini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, endi u Game Convention Online deb atala boshlandi. Ko‘rgazma 31-iyuldan 2-avgustgacha davom etdi va asosan brauzer o‘yinlariga hamda mobil telefonlar uchun loyihalarga bag‘ishlandi. GamesSom 2009 ko‘rgazmasi faqatgina Yevropaning emas, balki ba’zi baholashlarga qaraganda, jahonning katta o‘yinlar ko‘rgazmasi bo‘lib qoldi. Ko‘rgazma tashkilotchilarining ma’lumotlariga qaraganda, ko‘rgazmaga 245 ming kishi tashrif buyurib, ular 31 mamlakatlardan 458 kompaniyalar tashkil qilgan turli aktsiyalar, taqdimotlarda, tanlovlarda ishtirok etdilar. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi 120 ming kv.metr maydonda joylashtirildi. Shu bilan birga, faqatgina loyihachilar, nashriyotchilar va ishlab chiqaruvchilardan ko‘rgazmaga 17 mingdan ortiq kishi keldi. Ushbu ko‘rgazma nafaqat Kyoln shahri fuqarolariga, balki butun dunyo uchun qiziqarli bo‘lganligini aytib o‘tish zarur. Tashkilotchilarning so‘zlari bo‘yicha tashrif buyurganlar uchun Kyoln mehmonxonalarida 80 000 dan ortiq o‘rinlar topildi. Ko‘rgazma mashhur Kyoln shahrini sayyohlar tomosha qilishlari uchun yana bir madaniy obyekt bo‘lib qoldi.

GamesSom 2009 ko‘rgazmasi ko‘zda tutilganidek ko‘p qirrali hodisa bo‘lib qoldi. O‘yin ishqibozlari stendlarni tomosha qilishlari va yangi o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin bo‘ldi. Deyarli barcha o‘yinlar platformalari vakillari o‘yin zonalarini tashkil qildilar, bu yerlarda kompyuter o‘yinlari sohasidagi eng ilg‘or yutuqlar namoyish etildi. O‘yinlarni yaratish bo‘yicha mutaxassislar loyihachilar tor doirasida muloqot qilish va taqdimot marosimlari hamda konferentsiyalarda o‘z hisobotlarini taqdim etishlari mumkin bo‘ldi. Guruhimiz ko‘rgazma tashkilotchilari bilan uchrashish va Crytek kabi mashhur loyihachi – kompaniyalar vakillariga savollar berish imkoniga ega bo‘ldi.

Har ishdan xabardor Vikipediya bo‘yicha, Crytek GmbH (keyinchalik – Crytek) nemis kompaniyasi bu kompyuter o‘yinlari, o‘yinlar hamda kompyuter grafik texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan xususiy kompaniya. Crytek uchta turk aka-ukalar: Javat (ingl. Cevat Yerli), Avni (ingl. Avni Yerli) va Faruh Yerli (ingl. Faruk Yerli) tomonidan 1999-yilda tashkil qilingan. Crytek kompaniyasining asosiy qarorgohi Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne shahrida joylashgan. To‘rtta boshqa sho‘ba studiyalari Kiyevda, Ukraina (Crytek Kiev), Budapeshtda, Vengriya (Crytek Budapest), Sofiyada, Bolgariya (Crytek Black Sea) va Nottingemda, Buyuk Britaniyada (Crytek UK) joylashgan.

Crytek loyihachilar jamoasi: Yevropa, Kanada, AQSh, Braziliya, Chili, Turkiya, Izroil, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi butun jahon mamlakatlaridan to‘plangan, 279 o‘yin mutaxassislaridan tashkil topadi. Crytek birinchi navbatda, Far Cry o‘yinini va normal mapping texnologiyasiga asoslangan PolyBump instrumentidan foydalanuvchi birinchi CryEngine ni ishlab chiqqanligi hisobiga mashhur bo‘ldi. Firmaning keyingi mahsuloti —CryEngine 2 va unga asoslangan Crysis o‘yini bo‘ldi.

GamesSom ko‘rgazmasida kompaniya yangi CryEngine 3 ni taqdim etdi. Mazkur maqola doirasidagina kompaniya va uning mahsulotlari to‘g‘risida hatto qisqacha fikr bildirib o‘tishning ham iloji yo‘q. Jurnalimizning keyingi sonlarida mana shu jahonga mashhur kompaniyasi bilan yaqindan tanishtirib o‘tishga harakat qilamiz. GamesSom ko‘rgazmasi bilan to‘la tanishib chiqishga erisha olmadik, chunki pavilyo‘nlar juda ko‘p, vaqtimiz esa kam edi. Faqatgina bu o‘yin industriyasi mustaqil va juda ommaviy madaniyat turi sifatida namoyon bo‘lgan juda katta va turli yo‘nalishdagi tadbir bo‘lganligini aytish mumkin. Asosan loyihachilar taqdim etilgan ko‘rgazma zallarining birida o‘yinlarni yaratish bo‘yicha ko‘plab kitoblar va darsliklarni sotib olish mumkin bo‘ldi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan tashkilotchilar GamesCom 2010 ko‘rgazmasi mana shu Koelnmesse ko‘rgazmalar markazida 18-22 avgust kunlarida bo‘lib o‘tishini e’lon qildilar.

Game Developers Conference Europe o‘yinlar loyihachilarining Yevropa konferentsiyasi
GDC Europe o‘yinlar loyihachilari Yevropa konferentsiyasi Kyolnda GamesCom 2009 ko‘rgazmasi bilan birgalikda o‘tkazildi. Ushbu tadbirda ishtirok eta olmadik, umuman olganda, jurnalist sifatida konferentsiya hisobotlarini tushunishim ham qiyin bo‘lardi. GDC Europe konferentsiyasida jami butun jahondan 130 ga yaqin hisobotchilar ishtirok etdilar, ular orasida eng mashhurlari va e’tiborlilari quyidagilar bo‘ldi:
• Jaват Yeрли (ingliz tilida Cevat Yerli), Crytek раhбари, o‘йин графикаси кeлажаги тo‘g‘рисидаги hисоботи билан иштирок этди (Future of Gaming Graphics).
• Matias Millirayn (ingliz tilida Matias Myllyrinne), Remedy Entertainment ijrochi direktori, yangi intellektual mulk bo‘yicha muvaffaqiyatli o‘yin yaratish to‘g‘risidagi hisoboti bilan ishtirok etdi.
• Xilmar Veygan Petyursson (ingliz tilida Hilmar Veigar Petursson), CCP Games bosh direktori, kutilmagan Dust 514, konsollarga mo‘ljallangan, birinchi shaxsdan katta on-laynli ko‘p foydalanuvchi shuteri (MMOFPS) anonsini taqdim etdi.
• Devid Keydj (ingliz tilida David Cage), Quantic Dream asoschisi va bosh direktori, Heavy Rain’ni yaratish jarayoni hamda uning geympleyn innovatsiyalari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
• Kris Teylor (ingliz tilida Chris Taylor), Gas Powered Games asoschisi va boshqaruv direktori, Demigod o‘yiniga o‘ziga xos multipleyerni yaratish xususiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Bundan tashqari, u va Gas Powered Games boshqa homiylari «Demigod» ga «mustahkam» multipleyer yaratish uchun 2$ yoki 3 $ mln. dollar sarflash imkoniga ega bo‘lmaganlarini aytdi. Piter Moline (ingliz tilida Peter Molyneux), Lionhead Studios asoschisi va Microsoft Game Studios ijodiy direktori, «Choice: The Ultimate Game Mechanic» hisoboti bilan ishtirok etdi, hisobotida o‘yin mexanikasini va o‘yin hissiyotlarini yaratish to‘g‘risida so‘zlab berdi.
• Klaas Kersting (ingliz tilida Klaas Kersting), Gameforge bosh direktori, o‘yin industriyasi, o‘yinlarni tarqatish kelajagi va Yevropalik hamda osiyolik loyihachilarning madaniyati va uslubi o‘rtasidagi farq to‘g‘risida so‘zlab berdi.

germ_30_09_2009_4

2008-yilgacha Games Convention ko‘rgazmasi doirasida Leypsigda o‘yinlar loyihachilari uchun Games Convention Developers Conference tadbirlari o‘tkazildi. Ammo Games Convention yopilishidan so‘ng GamesCom ko‘rgazmasining egasi bo‘lib qoldi, — shu bilan birga, Game Developers Conference Europe (GDC Europe) konferentsiyasi Games Convention Developers Conference egasiga aylandi.

Games Convention Developers Conference avvalgi rahbari Frenk Slivka (Frank Sliwka) GDC Europe konferentsiyasi rahbari bo‘ldi. Tashkilotchilar bizga Frenk Slivka bilan uchrashuv uyushtirdilar, u konferentsiya maqsadi va vazifalari to‘g‘risida so‘zlab berdi va United Business Media LLC bo‘linmasi hisoblangan Think Services Game Group GDC Europe 2009 tashkilotchisi bo‘lishini xabar qildi. GDC Europe 2009 o‘yinlar loyihachilari Yevropa Federatsieyasi (ingliz tilida European Game Developers Federation — EGDF) va BIU (organizator GamesCom) tomonidan ham qo‘llab quvvatlandi. Intel korporatsiyasi va Crytek kompaniyasi (platina homiylari), hamda Autodesk, Alliance Numerique va Sony (oltin homiylari) GDC Europe asosiy homiylari hisoblanadilar. GDC Europe 2009 konferentsiyasi o‘yinlar loyihachilari uchun Yevropada eng katta hodisa bo‘ldi. Ko‘rgazmaga taxminan 1 500 professional o‘yinchi, 250 dan ortiq matbuot vakillari va 40 dan ortiq ishtirokchi hamda homiylar tashrif buyurdilar.

«GDC Europe ko‘rgazmasiga yakun yasab, Yevropa o‘yinlar industriyasini yo‘naltirish va o‘rgatishga hamda unga e’tiborni jalb qilishga yordam beruvchi to‘la muvaffaqiyatli hodisa bo‘lganidan baxtlidirmiz, — deydi Frenk Slivka. — birgalikda ushbu konferentsiyani haqiqatda panYevropacha va global bo‘lishi uchun Shvetsiyadan to Germaniyagacha, Frantsiyadan to Angliyagacha, qit’aning barcha burchaklaridan, Shimoliy Amerikadan va Osiyodan ajoyib loyihachilar to‘plandilar».

GDC Europe konferentsiyasi to‘g‘risida http://ru.wikipedia.org/wiki/GDC_Europe manzilidan to‘la malumotlar olish mumkin. Shu yerning o‘zida hisobotlar va kompaniyalar to‘g‘risida axborotlar mavjud.

Shu kuni biz kompyuter o‘yinlari loyihachilari Yevropa federatsiyasi bosh kotibi bilan (The European Games Developer Federation (www.egdf.eu) va kompyuter o‘yinlari loyihachilari Germaniya Federal assotsiatsiyasi tijorat direktori G.A.M.E. Bundesverband (www.game-bundesverband.de) doktor Meylt Bexrmann (Malte Behrmann) bilan uchrashdik, u o‘zi rahbarlik qiladigan tashkilotning faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi.

germ_30_09_2009_41

Uning fikricha, EGDF Yevropa federatsiyasi ham, G.A.M.E. Bundesverband assotsiatsiyasi ham o‘z a’zolariga kompyuter o‘yinlarini yaratish va ilgari surish sohasidagi bizneslarini rivojlantirishga yordam ko‘rsatishdan tashqari ushbu tashkilotlar kompyuter o‘yinlari – bu madaniyat obyektlari ekanligi va ular san’atning boshqa turlari kabi madaniy qadriyatlar tarqatishlari to‘g‘risida jamoatchilik fikrini tasdiqlash uchun ijtimoiy va siyosiy sohalarda ham muntazam ishlar olib bordilar.

To‘g‘risini aytsam, kompyuter o‘yinlari industriyasini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar, federatsiyalar va assotsiatsiyalar soni shunchalik ko‘pligidan boshim gangib qoldi. To‘g‘ri, bunday holat Germaniyada kompyuter o‘yinlari industriyasi juda samarali va jadal sur’atlarda rivojlanib borishi, o‘yinlar loyihachilarining faoliyatlari o‘yinlar loyihachilari Yevropa va milliy professional birlashmalari yordamisiz qiyin bo‘lishini anglatadi.

Birinchi qismning yakuni…
Qanchalik qisqa va tushunarli yozishga harakat qilganim bilan bir maqola doirasida, Germaniyada «Computer Games as a Key Part of the Creative Industries» dasturi doirasida, bir hafta davomida ko‘rganlarim va eshitganlarimning hatto o‘ndan bir qismini ham baribir, maromoga yetkazib bera olmadim.

Shuning uchun kundaligim ikki qismli bo‘ladi va davomida jurnalxonlar Duysburgsk universitetida kompyuter o‘yinlarini va geymerlarning harakatlarini qanday o‘rganishlari to‘g‘risida bilib oladilar.

Berlin shahridagi kompyuter o‘yinlari Muzeyiga va O‘yinlar akademiyasiga tashrif buyuramiz, kompyuter o‘yinlari uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqiladigan ilmiy institutlar qanday qilib, fikr yuritish orqali kompyuterni boshqarish texnologiyasini kashf etganlari to‘g‘risida bilib olamiz. Berlinda yetakchi nemis kompyuter o‘yinlari loyihachilarining yana bir necha ofislarida bo‘lamiz hamda boshqa ko‘p qiziqarli axborotlarni bilib olamiz. Leypsigdagi kompyuter o‘yinlari maktabi bizni qanday kutib olganligi, u yerda bolalar qatori ularning ota-onalarini o‘yinlarga o‘rgatishga jiddiy munosabatlarda bo‘lishlari to‘g‘risida ham so‘zlab beramiz. Umuman aytganda, davomini kuting…

Jurnalimiz tahririyati «Computer Games as a Key Part of the Creative Industries» dasturida muxbirimiz ishtirok etganligi uchun Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga minnatdorchilik bildiradi. «Kompyuter o‘yinlari ijodiy industriya bir qismi sifatida» loyihasi rahbari (Germaniya Federativ Respublikasi tashrif buyuruvchilari dasturi) Medienboard Berlin-Brandenburg GmbH loyihasi rahbari Silke Simmermanga ( Silke Zimmermann) hamda Germaniya tashqi ishlar vazirligi madaniyat va kommunikatsiyalar bo‘limi xodimi Andrea Mano (Andrea Mano)ga qiziqarli uchrashuvlarni va sayohatni tashkil etganligi uchun alohida minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top