Infocom.uz

«Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» xizmati yordamida kompyuterdan SMS va MMS yuborish imkoniyatlari kengaydi

«Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» xizmati – bu shaxsiy kompyuterdan yoki noutbukdan mobil telefonga SMS va MMS-xabarlarni qulay va tez yuborishga mo’ljallangan innovatsion xizmatdir. Yangi xizmat Internetga ulangan kompyuterdan mobil telefonga xabarlar yuboruvchi foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

* Kompyuter klaviaturalaridan foydalanib, matnni tez va qulay yuborish;
* Windows yoki brauzerlar kontekst menyusi yordamida multimedia yuborish;
* Bitta xabarda turli multimedia fayllarni (foto, video va musiqa) yuborish imkoniyati;
* Bir vaqtning o’zida bir qancha abonentlar yoki guruhlarga xabarlar yuborish (Windows manzillar daftarchasidan);
* Xabarlar yuborishni rejalashtirish – xabarlar yuborish jadvalini tuzish;
* Pochta dasturlari va Internet-brauzerlaridan xabarlar yuborish;
* Bitta telefon raqami bilan turli kompyuterlarga (masalan, uydagi yoki ishdagi kompyuterga) dastur o’rnatish imkoniyati;
* Xabarlar yetkazilgani haqida xabar olish;
* Yuborilayotgan katta hajmdagi fayllarni avtomatik kamaytirish.

Ushbu servisdan foydalanish uchun MTS-O’zbekiston abonentlari MTSning www.mts.uz saytidan «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» bepul ilovasini ko’chirib olishlari, ilovani o’rnatishni ishga tushirib, uni o’z kompyuterlariga o’rnatishlari, so’ngra ilova ko’rsatmalariga rioya qilib, dasturni aktivlashtirishlari kerak. Ilova pochta dasturlari va Internet-brauzerlariga o’rnatiladi. Foydalanuvchi qaydnomasi yaratilganidan keyin «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish» servisi ishlashga tayyor.

Qabul qiluvchi abonentga xabarlar xuddi telefondan yuborilgandek ko’rinadi. Javob xabarlari xizmat foydalanuvchisining mobil telefoniga keladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top