Infocom.uz

Kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi

Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Respublika bosh vaziri o’rinbosari А.N.Аripov olib borgan bu yig’ilishda davlat boshqaruvi hamda hokimiyati organlarining axborot – kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish va tatbiq qilish masalalari bo’yicha faoliyatlariga tanqidiy baho berildi.
Yig’ilishda ko’rsatayotgan xizmatlar sifatini ko’tarish va korxonalar faoliyatlarining samaradorligini oshirishda, davlat va xo’jalik boshqaruvi jarayoniga АKTlarni tatbiq etishning zarurligiga alohida e`tibor berildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash joriy yilda o’tkazilgan birinchi yig’ilishida 2003 yilda ko’rib chiqilishi zarur bo’lgan ishlar va masalalar rejasi belgilab olindi.
Ular orasida elektron tijorat sohasida qonunchilik aktlarining, elektron hujjatlarni almashish, mamlakatimiz dasturiy hujjatlarini ishlab chiqishni rivojlantirish va eksport uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, xalqaro seminarlar, simpoziumlar va ko’rgazmalar o’tkazish bo’yicha hujjatlar loyihalarini tayyorlashni alohida ko’rsatish mumkin.
Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va hokimiyat rahbarlari uchun O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati Portal «gov.uz.» loyihasi taqdimoti o’tkazildi, bu loyiha yig’ilish ishtirokchilarining takliflariga muvofiq yaqin vaqtlarda Internet tarmog’iga joylashtiriladi.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Kengashi Kotibi G’.D.Oblayarov ishtirok etdi.

pic
pic
pic
pic
pic
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top