Infocom.uz

Koreya Respublikasining Kommunikatsiyalar bo’yicha qo’mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

pic

2008 yil 17 oktyabr kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida Koreya Respublikasining Kommunikatsiyalar bo’yicha qo’mitasi raisi janob Choy Si Jung boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston va Koreya Respublikalari o’rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o’zaro hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda.

Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ikkala mamlakat orasida o’zaro hamkorlik davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo imzolangan hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv chog’ida janob Choy O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanish holati va istiqbollari hamda respublikada axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasida joriy qilinayotgan va rivojlantirilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida tanishib o’tdi.

Hukumatimiz rahbari tomonidan xorijiy sarmoyadorlarga yaratilayotgan qulay investitsiya muhiti, qator huquqiy kafolat va imtiyozlar hamda telekommunikatsiya xizmatlari bozorining liberallashuvi tufayli bugungi kunga kelib, O’zbekistonning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida bir qancha transmilliy kompaniyalar o’z faoliyatini izchil davom etib kelmoqda.

pic

Xususan, uchrashuvda 2007 yili Janubiy Koreyaning “Koreya Telekom” va Yaponiyaning «Sumitomo Corporation» operatorlari ishtirokida tashkil etilgan «SuperiMax» kompaniyasining kelgusi rivojlanish masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O’zbekiston eng sara texnologiyalar sirasidan o’rin olgan Wave-2 texnologiyasi asosida ishlaydigan mobil WiMAX tarmog’ini ekspluatatsiyaga joriy qilgan bo’lib, bu esa o’z navbatida dunyoning sanoqli mamlakatlari qatoridan o’rin olmoqda. Undagi xorij investorlarining ulushi 10 mln. dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

O’zbekiston yirik hududlarni egallagan qator chekka tumanlariga ega mamlakat sifatidaligini inobatga olib, WiMax texnologiyasi asosida simsiz tarmog’ini joriy etish o’ta muhim ekanligini ta’kidlab o’tildi.

Har yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba, aspirant va o’qituvchilar orasida o’zaro almashuvlarni amalga oshirish an’anaga aylanib bormoqda. Bugungi kunda Koreya universitetlarida O’zbekistonning o’nlab magistrant va doktorantlari tahsil olmoqda hamda o’z tadqiqot ishlarini yuritib kelmoqda. O’zbekistonlik aloqa va axborotlashtirish sohasidagi mutaxassislar esa, Koreyadagi AKT sohasidagi turli malaka oshirish kurslarida o’tashmoqda. O’z navbatida, Janubiy koreyaning qator mutaxassislari O’zbekistonda o’tkazilayotgan turli seminar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Uchrashuvda shuningdek, tomonlar olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikni yuqori darajada ekanligini qayd etib, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida o’zaro hamkorlik masalalarini yanada mustahkamlash, ilmiy -tadqiqot muassasalari bilan tajriba almashish, xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida o’zaro masalahatlarni tashkil etish hamda qo’shma tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishda hamkorlikni chuqurlashtirishga oid turli masalalarni muhokama qildilar.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top