Infocom.uz

Kristina Dorosh Visa kompaniyasining O’zbekiston va boshqa 16 mamlakatni o‘z ichiga olgan mintaqaviy bo‘linmasini boshqarishga kirishdi

2024-yil 4-mart kuni Toshkent shahrida Visa kompaniyasi Kristina Doroshni katta vitse-prezident, 17 mamlakatda Visa-ning mintaqaviy menejeri etib tayinladi. Dorosh Visa kompaniyasining Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Ukraina va Moldovadagi operasion faoliyatiga rahbarlik qiladi va strategiyasini belgilaydi, shuningdek, u kompaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi biznesini boshqarishda davom etadi.

Kristina Dorosh yetakchi moliya institutlari bilan 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega. U 2016 yilda Visa-ga qo‘shildi va Visa-ning asosiy karta mahsulotlari (debet, kredit va premial kartalari), sodiqlik platformasini ishlab chiqish, raqamli yechimlar va push-to‘lovlar uchun mas’ul bo‘lgan hududiy mahsulot bo‘limiga rahbarlik qildi. Kristina Markaziy Osiyo va Kavkazda ham katta boshqaruv tajribasiga ega.

“Biz Kristinani Ukraina, Gruziya, MDH mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Yevropa mintaqasining yangi rahbari deb e’lon qilishdan mamnunmiz. Moliya sohasida yigirma yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, shu jumladan Visa-da to‘qqiz yil davomida faoliyat yuritib kelgan Kristina tajribali rahbar sifatida to‘lovlar sohasidagi innovasiyalarini yanada chuqurroq joriy etishga hissa qo‘shadi. Kristina uzoqni ko‘zlagan mahalliy jamoalar bilan ishlagan holda, hozirgi ulkan taraqqiyot va imkoniyatlar davrida bozorlar, davlat sektori va xususiy sektor bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi”-, deydi Visa-ning Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Yaqin Sharq va Afrika (CEMEA) bo‘yicha mintaqaviy prezidenti Endryu Torre.

“Visa-ning biznes operatsiyalari uchun katta mas’uliyatni o‘z zimmamga olar ekanman, men mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan mintaqaga yanada ko‘proq innovasion to‘lov yechimlarini taklif qilish va Visa-ning innovatsion tarmog‘i orqali pulni tez, xavfsiz va oson o‘tkazishda davom etish uchun yanada yaqinroq va kengroq hamkorlik qilishga intilaman”, – dedi Kristina Dorosh, Visa  kompaniyasining katta vitse-prezidenti, Ukraina, Gruziya, MDH davlatlari va Janubi-Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy menejer.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top