Infocom.uz

“KT.KOMBA” klubi “Beeline Club” hamkoriga aylandi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni ta’kidladi: “Beeline Club” hamkorlik tarmog’ini faol ravishda kengaytirib bormoqda va bu qadar mashur klubning bizga qo’shilganligidan mamnunmiz. Ayniqsa “Gold” imtiyozli kartalari yanada hammabop bo’lganligi aktual masala: endi oltin kartani VIP Beeline tarifiga ulangan holda ham qo’lga kiritish mumkin”.

Eslatib o’tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bеpul so’rovni jo’natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballini sovg’a tariqasida olishi mumkin. Bundan kеyingi ballar “Bilayn”ning odatdagi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro’yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: