Infocom.uz

Kutubxona axborot resusrlaridan foydalanish bo’yicha xalqaro anjuman

pic

Anjumanning asosiy tashkilotchilari – Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika axborot-kutubxona markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazi.

G’amkor tashkilotchilar – Toshkent Davlat Madaniyat instituti, Gyote instituti, “O’zarxiv” agentligi, O’zbekiston Respublikasi davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi.

Anjumanning maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida Internet va elektron axborot resurslarini qo’llash ishini rivojlantirishda axborot-kutubxona markazlari (AKM), axborot-resurs markazlari (ARM), o’quv yurtlari, kutubxonalar, arxivlar va boshqa tashkilotlar orasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.

Anjuman respublikadagi axborot-kutubxona tashkilotlari va arxivlarning resurslari asosida elektron resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish, hamda kutubxonalar, AKM, ARM va arxivlarda Internetdan foydalanish muammolari bo’yicha samarali tajriba almashishga ko’maklashishga; kutubxona resurslaridan (avvalo, elektron resurslardan) birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar – konsorsiumlar yaratishga, kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o’rgatish bo’yicha o’quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo’lga qo’yishga; kutubxonalar, ilmiy va ta’limiy muassasalarning elektron ma’lumotlar bazalari va Internet imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirishga da’vat etadi.

Anjumanning asosiy mavzulari – AKM va ARMni rivojlantirish usullari va vositalari, AKM va ARMlarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish bo’yicha dolzarb masalalar, ma’lumotlar bazalari va fan, texnologiya, ta’lim, madaniyat va biznesga oid elektron nashrlar. Kutubxonalar va arxivlarda milliy elektron axborot resurslarini shakllantirish muammolari va x.k..

“Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini rivojlantirish usullari va vositalari”, “Axborot texnologiyalar asrida arxivlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari”, “Fan, ta’lim, madaniyat va biznes uchun elektron kutubxonalar”, “Kutubxonalararo hamkorlik va axborotlarni tezkor almashtirishga mo’ljallangan korporativ tizimlar”, “Tibbiyot kutubxonalari tarmog’ini rivojlantirish va axborotlarga kirish masalalari”, “Umumta’lim maktablarining axborot-resurs markazlari, Innovatsiyalar va hamkorlik istiqbollari” mavzularida 6 ta seksiya hamda “Kutubxonachi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash: shartlari va faoliyat strategiyasi”, “Mutolaa madaniyati – shaxs axborot madaniyatining omili”, “OCLC. Xalqaro korporativ kataloglashtirish usullari va qoidalari” mavzularida davra suhbatlari bo’lib o’tadi.

“Kutubxona xizmatlar vohasi. Mijozlarga mo’ljallangan kutubxona menedjmenti va boshqaruv konsepsiyasi” mavzuida mahorat maktabini Doktor Xannelore Fogt Vyursburg (Germaniya) shahar kutubxonasi direktori o’tkazadi.

Anjumanda 150 oshiq axborot-kutubxonachilik ishi, axborot texnologiyalari, arxivlar va boshqa soha mutahassislari qatnashmoqda. Anjumanga Misr Arab Respublikasi, Germaniya, Amerika Ko’shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston, Qirg’izston davlatlaridan tashrif buyurganlar.

Anjumanning asosiy tadbirlari Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazida utadi.

Anjuman o’z ishini 24 oktyabrda yakunlaydi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top