Infocom.uz

“Kutubxona.Uz” jurnalining ilk soni

pic

Kutubxonachilik sohasiga oid jurnalning ilk sonidan mamlakatimizda axborot-kutubxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag’ishlangan maqolalar keng o’rin olgan, bu borada milliy va xorijiy axborot-kutubxona muassasalarining ish tajribasiga bag’ishlangan ma’lumotlar keltirilgan.

Yangi nashrda kutubxonalar, yangi kitoblar, axborot hamjamiyati, jamg’armalar va kolleksiyalar to’g’risidagi maqolalar bilan ham tanishish mumkin. Shuningdek, ta’lim va kasb-hunar, xalqaro aloqalarga bag’ishlangan maqolalar rang-barang suratlar bilan boyitilgan.

Mamlakatimiz bosh kutubxonasining tashkil topish tarixi, yutuqlari va istiqboli to’g’risidagi maqola ham o’quvchilarda qiziqish uyg’otishi tabiiy.

Ushbu jurnal axborot-kutubxona ishi, arxiv sohasida faoliyat yurituvchilar, tadqiqotchilar, umuman keng kitobxonlar ommasi va axborot-kutubxonalar hayoti bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari olamining kutubxona, arxiv, kitob nashriyotlariga bag’ishlangan ushbu ilmiy-amaliy jurnal bir yilda to’rt marotaba chop etiladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top