Infocom.uz

Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi

Eslatib o’tamiz 1975 yilda Tayvanda tashkil etilgan Line-On- kompaniyasi kompyuter qo’shimcha uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar va telekommunikasion apparatlar sohasida ixtisoslashtirilgan 10 ta kompaniyalar kiradigan katta konsern hisoblanadi. Line-On kompaniyasi kattaligi bo’yicha dunyoda ikkinchi optik diskovodlar ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. 2005 yilda kompaniya taxminan 5 millionta diskovodlar ishlab chiqargan. Line-On kompaniyasi bozor uchun o’z savdo belgisi bilan diskovodlar ishlab chiqaradi va HP kabi ulkan kompaniyalar uchun yetkazib beradi.

DVD+R va DVD-R Dual Layer (8.5 GB) disklarida yozishni ta’minlovchi Line-On LH-16W1P485C optik diskovodi

Line-On LH-16W1P485C diskovodi ikkita tashqi ochiladigan panellari bilan yetkazib beriladi. Standart boltlari, kabeli va PO Nero 7 Essentials disklaridan tashqari yetkazib berish jamlanmasiga qora rangli yechiladigan paneli kiradi. Bu ham qora rangli, ham oq rangli kompyuterlarda undan foydalanish imkonini beradi. Line-On LH-16W1P485C diskovodi yozish yuksak sifatini beradi, bunga ko’p jihatdan quyidagi texnologiyalar ta’minlanishi sabab bo’ladi: SMART-BURN – Smart Monitoring&Adapting Recording Technology for BURNing. Bu texnologiya bufer bo’shab qolishi xatosini oldini olish uchun mo’ljallangan.

SMART-X – Smart Monitoring & Adjusting Read-speed Technology for eXtraction. Bu texnologiya audiodisklar hamda Video-CD va DVD-videodisklaridan ma’lumotlarni ko’chirib yozish tezligi va sifatini ancha oshirishga imkon beradi.

VAS – Vibration Absorber System – o’qish va yozish paytida silkinishni yo’qotish va shovqinni kamaytirish sistemasi.

Qurilmalar bilan tanishib chiqishimiz Line-On SHOW – 1693 S diskovodi har qanday formatdagi disklarda muvaffaqiyatli yozganligi va o’qiganligini ko’rsatdi.

Tahririyatimiz Memory Technology Central Asia OOO kompaniyasiga qurilmalarni test sinovlaridan o’tkazishga taqdim etganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

pic
Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top