Infocom.uz

M7W seriyali TV-tyuneri bilan yangi multifunksional monitor

Yangi mahsulot Full HD standartli tasvirni ko‘rsatishga qodir, aniq ekraniga ega, bundan tashqari, ajoyib monitor hamda televizor bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

So‘nggi paytlarda odatda kompyuterlar o‘rnatilgan xonaga o‘rnatiladigan yuqori sifatli televizorlarga talab o‘sib borishi kuzatilmoqda. LG kompaniyasining yangi mahsuloti ikki apparatni bittasi bilan almashtirib, mablag‘ni tejab qolish va qo‘shimcha joy paydo bo‘lishigi imkon beradi.

lg_23_07_2009

Dizayni nuqtai nazaridan M7W seriyali monitorlar LG televizorlari kabi chiroyli, yoqimli ko‘rinishga ega. Sayqallangan yaltiroq ramkasi sof, tekis chiziqlarni hosil qiladi. Nafis qizil chiziq ekran past qismida yashiringan dinamikni atrofida hoshiya hosil qiladi. Yoqimli, nozik ko‘kish nur ekran ishlayotganligini bildirib turadi.

Tasvir sifati juda muhim hisoblanadi, ammo televizor va monitor imkoniyatlarini taqdim etganda unga erishish juda murakkab. Mana shu mazmunda taqdim etilgan seriya M7W LG monitori ikkala vazifani ham nuqsonsiz bajaradi.

Full HD 1920 x 1080 zichligi va tomonlari 16:9 nisbatlari TV ko‘rsatuvlarni va DVD filmlarni tomosha qilish, foto suratlar bilan ishlash, matnlar bilan ishlash va kompyuter o‘yinlari uchun juda mos keladi.

Dinamik kontrastligi ko‘rsatkichi 20 000:1 nisbatlarni tashkil qiladi, shuning hisobiga qora rang tun kabi qora, oq rangi esa – qor kabi yorqin ko‘rinadi, barcha oraliq tuslari aniq aks ettiriladi. Tasvir sifati LG f-Engine tasvirga ishlov berish eksklyuziv texnologiyasidan foydalanish hisobiga yanada yaxshilanadi. 5 ms ta’sirlanish vaqti filmlardagi, sport ko‘rsatuvlaridagi yoki videoo‘yinlardagi barcha keskin vaziyatlar aniq va tekis ko‘rinishi uchun yetarli.

M7W seriya yaqin va uzoq masofadan ko‘rish uchun maxsus ishlab chiqilgan, shuning uchun bu model 170\160 keng ko‘rish burchaklariga ega. Shunday qilib, ranglari va yorqinligi rezkost bevosita ekran oldida turgan kreslodan ham va televizor yon tomonida turgan krovatdan ham bir xilda yaxshi ko‘rinadi.

D-Sub va DVI razyomlari kompyuterga osongina ulanishni ta’minlaydi. U egilishi ham mumkin, bu holati ko‘rish paytida qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari ancha ko‘p boshqa razyomlari ham bor: ikkita HDMI razyomi, komponentlar ulanish nuqtalari, kompozitli va scart razyomlari. Kiritilgan TV-tyuneri va hajmli tovushni ta’minlash SRS texnologiyasi hisobiga teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish jarayoni soddalashdi.

Yangi M7W seriyasi 18,5 dan to 23 dyuymgacha taqdim etiladi va 2009yil iyul oyida paydo bo‘ladi.

Manba: kompaniya matbuot ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top