Infocom.uz

“Malika Toshkent” mehmonxonasi – “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ida

“Biz hamkorlik tarmog‘imizning yangi ishtirokchisini qarshi olishdan xursandmiz, – mazkur voqeani sharhlaydi “Unitel” Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – “Beeline Club” O‘zbekistonning turli shaharlaridagi ko‘plab mehmonxonalarni birlashtiradi va “Malika Toshkent” o‘zining milliy koloriti bilan klub imtiyozlari ro‘yxatiga ajoyib qo‘shimcha bo‘ldi”.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: