Infocom.uz

«Ma’lumotlar uzatish» xizmati narxi arzonlashdi

2010 yil 1 noyabrdan boshlab MTS-O’zbekiston kompaniyasining «Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalanganda chiquvchi aloqaning bir daqiqasi narxi $0,04 dan $0,025 gacha arzonlashdi.

Eslatib o’tamiz, «Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalangan abonentlar ma’lumotlar qabul qilish va uzatishning oson, oddiy va mobil tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu tizim ma’lumotlar almashishning bir qancha protokollariga moslashgan. O’rnatish va foydalanish oson bo’lgan «Ma’lumotlar uzatish» xizmati MTSning GSM xizmat doirasida hamda roumingda istalgan yerda va istalgan vaqtda foydalanish mumkin.

«Ma’lumotlar uzatish» xizmati narxlari:

mts_1_11_2010

* aloqaning birinchi sekundidan boshlab kiruvchi va chiquvchi aloqa narxlanadi.

«Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalanish shartlari
«Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalanishni boshlash uchun Siz:
• ma’lumotlar bilan ishlash uchun kabel, infraqizil yoki Bluetooth-aloqa yordamida moslamaga ulangan CSD (GSM Data) ma’lumotlar uzatish texnologiyasiga moslashgan mobil terminalga (telefonga yoki modemga) ega bo’lishingiz kerak;
• Mobil telefon raqamingiz uchun «Ma’lumotlar uzatish» xizmatini siz bepul «Mobil Yordamchi» ximati orqali yoki 0890 raqami orqali Aloqa markaziga qo’ng’iroq qilib, aktivlashtirish mumkin. Xizmatni aktivlashtirganingizda ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish uchun Sizga alohida raqam beriladi;
• ma’lumotlar bilan ishlash moslamasida tegishli dasturiy ta’minotni o’rnatish va ishga tushirish kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top