Infocom.uz

Matbuot ma’lumotnomasi “O’zbektelekom” AK Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi

Yig’ilishda kompaniyaning aksiyadorlari, “O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashi a’zolari, kompaniyanig rahbariyati, departament va bo’lim boshliqlari, shuningdek, kompaniya tarkibidagi filial va korxonalar rahbarlarining ishtirok etilishi kuzatilmoqda.

“O’zbektelekom” AK o’zining muttasil iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini saqlab qoldi. Birgina, 2008-yil yakuni bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlardan olingan (hisoblangan) daromad 237,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va belgilangan reja 121,5 foizga bajarilishiga erishildi. Bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga ko’pdir. Hisobot davrida umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda 9,0 mlrd. so’mni va sof foyda 4,3 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2008-yil davomida Kompaniya tomonidan qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvardagi “O’zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog’ini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish to’g’risida”gi PQ-572-son qaroriga asosan 5 lotdan iborat loyiha ishlari yakunlandi, Qishloq joylaridagi telefon stansiyalarini umumiy sig’imi 37.6 ming portga teng 203-ta “Koinot El-SGM” rusumli raqamli jihozlar montaj qilindi, shuningdek, umumiy uzunligi 367.5 km. bo’lgan “Qarshi – Termiz” yo’nalishidagi magistral optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Natijada, “O’zbektelekom” AK tomonidan 2008-yil yakuni bo’yicha 46 857,0 mln. so’m miqdorida kapital quyilmalar o’zlashtirildi.

Kompaniyaning Xalqaro Internet kanallari sig’imini oshirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo’lib, natijada, 2008-yil yakuniga kelib, Kompaniyaning xalqaro Internet kanallari sig’imi 819 Mb\s.ga yetkazildi.

“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2009-yil uchun asosiy ustuvor yo’nalishlari mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan qator dasturlarni amalga oshirish, qishloq joylarida telekommunikatsiya xizmati sifatini tubdan yaxshilash va tarmoqlarni modernizatsiya qilish, qishloq joylarida telekommunikatsiya xizmatlariga ixtisoslashgan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, jahonda ro’y berayotgan iqtisodiy inqirozning mamlakatimizga ta’sirining oldini olish maqsadida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan xizmatlar hajmini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, qishloq telekommunikatsiya tarmog’ini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalash maqsadida amalga oshirishga kirishilgan loyihalarni yakuniga yetkazishdan iboratdir.

“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi
“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi respublikada yirik telekommunikatsiya operatori bo’lib, O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarini o’z tarmog’i bilan qamrab olgan. O’zining zamonaviy texnologiyalari asosida barpo etilgan telekommmunikatsiya tarmog’idan foydalanish yordamida kompaniya turg’un va mobil, xalqaro va shaharlararo aloqa operatorlari hamda Internet provayderlari uchun kanallarni ijaraga berish, barcha xildagi tovushli aloqa va ma’lumotni uzatish xizmatlari, Internet tarmog’i, videkonferensaloqa, CDMA standarti asosidagi mobil aloqa kabi xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Undan tashqari, televideniye va radio eshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallarni tashkil etib boradi. “O’zbektelekom” AK hukumat idoralari va muassasalariga telekommunikatsiya xizmatlarini yetkazuvchi yetakchi kompaniyadir.

“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xalqaro aloqa tashkilotlari bilan doimo o’zaro faoliyat olib boradi, xalqaro telekommunikatsiya loyihalarida ishtirok etadi, telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchi xorij operator va kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorlik faoliyatlarini amalga oshirib keladi. “O’zbektelekom” AK Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI), Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik (ASHH), “Intelsat” yo’ldoshli aloqa va boshqa qator tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’ygan, TOe (Trans – Osiyo – Yevropa optik tolali aloqa magistrali) qo’mitasining boshqaruv a’zosi hisoblanadi, ASHH operatorlar Kengashi qatnashchisidir.

pic

Kompaniya tarkibida 14 ta hududiy va 5 ta ixtisoslashgan filiallardan iborat 19 ta filial va ikkita sho’ba korxonalari faoliyat ko’rsatib turibdi. Kompaniyaning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida sig’imi 2 mln. dan ortiq raqamli, 2 mingdan ziyod telefon stansiyalari ishlayotgan bo’lib, ularning 86 foizi zamonaviy, ya’ni raqamli telefon stansiyalardan iboratdir.

“O’zbektelekom” AK’ning 2008-yil natijalari bo’yicha sof foydani taqsimlash va dividendlar to’lash to’g’risida

“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2008-yil moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakuni bo’yicha sof foydasi 4 357252 ming so’mni tashkil etdi. Kompaniya aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishida “O’zbektelekom” AK tomonidan 2008-yildagi sof foydani quyidagi tartibda: Kompaniyaning zaxira fondiga – 228 243,2 ming so’m (sof foydaning 5 foizi hisobida), sarmoya fondiga – 228 243,2 ming so’m (sof foydaning 5 foizi hisobida), dividendlar to’lash uchun – 2 331 423,2 ming so’m. Jumladan, 2 052 677,2 ming so’m oddiy aksiyalarga (bitta oddiy aksiya uchun 65 so’m), shundan davlat Aksiyalari paketi ulushi uchun 2 006 364,9 ming so’m va imtiyozli aksiyalar uchun 278.746,0 ming so’m (bitta imtiyozli aksiya uchun 250 so’m) taqsimlandi.

Sof foydaning qolgan qismi, ya’ni 1 569 342,4 ming so’mi “O’zbektelekom” AK Ustav fondini kapitallashtirish va aksiyalarning nominal qiymatini 1 000 so’mdan 1 048 so’mgacha oshirish orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1041-son qarorida qayd etilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top