Infocom.uz

May oyida MTS-O’zbekiston kompaniyasi xalqaro rouming xududini kengaytirdi

Endi MTS-O’zbekiston abonentlari CSL (Gongkong) va Qtel (Qatar) operatorlari tarmog’ida ham xalqaro 3G-rouming xizmatidan, ya’ni ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish xizmatidan foydalanishlari mymkin. Kompaniya ushbu operatorlar bilan joriy yilning may oyida shartnoma tuzdi. HSDPA texnologiyalarini qo’llagan xolda 3G standartida faoliyat olib boruvchi rouming-xamkorlar tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish tezligi soniyasiga 3,6 Mbitgacha etishi mumkin.

Xozirgi UMTS (HSDPA) standartiga moslashgan telefonlarga ega MTS-O’zbekiston abonentlari jaxonning 11 mamlakatidagi 13 ta operator tarmog’ida 3G-roumingidan foydalangan xolda ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishlari va olishlari mumkin.

Bundan tashqari, 2009 yilning may oyida Indigo-South (Todjikiston) kompaniyasi tarmog’ida GPRS-rouming xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shunday qilib, bugungi kunda kompaniya abonentlari jahonning 53 mamlakatidagi 88 operator tarmog’ida GPRS-rouming xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

MTS-O’zbekiston abonentlari uchun ovozli xalqaro rouming xizmati jahonning 166 mamlakatidagi MTSning 300 dan ortiq xamkor operatorlari tarmog’ida taqdim etiladi. Bugungi kunda rouming-xamkorlar soni bo’yicha O’zbekiston mobil aloqa operatorlari orasida MTS etakchi kompaniya xisoblanadi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top