Infocom.uz

Men Fizika fanini qanday o’rgandim?

tan_20_12_2009

Xush bunday holatda nima qilish kerak deb uylaysizmi? Men bu savolga javob bera olaman, chunki bunday holat menda ham bo’lgan edi. Buning uchun mening yoshimdagi yoshlarga foydali bo’lgan kompyuter o’yinlarini ularga taqdim etish kerak. Bu foydali kompyuter uyinlariga misol qilib fizikani o’rgatadigan o’yinlarni misol qilib keltirishim mumkin. Albatta butun kun davomida kompyuter oldida utirish yaxshi emas, xamma narsa meyorida bo’lgani yaxshi.

Tengdoshlarim kompyuter texnologiyalarini unimli foydalangan holda o’zlarining bilimlarini ortirishlari uchun kompyuter o’yinlari orqali har xil fanlarni o’rganishlari mumkinligi xaqida o’zimning fikrlarimni bildirmoqchiman.

Men Toshkent shahridagi 170 o’rta maktabning 7 b sinfida o’qiman. To’g’risini aytaman, fizika fanini bilmas edim, tushunish qiyin edi. O’zlashtirishim ham, a’lo baholarda emas edi. Ota onam o’yimizga kompyuter sotib olib keldilar. To’g’ilgan kunimda onajonim menga Fizika fanini o’rgatadigan kompyuter o’yining diskini sovg’a qildilar. Bu diskning nomi “Fizikus” edi.

Bu kompyuter o’yini orqali men fizika fanini o’rganib olganimni o’zim ham sezmay qoldim. Bu kompyuter o’yinida sizdan planetani mudhish bir hodisadan qutqazish vazifasi beriladi.

tan_20_12_2009_1

O’yinning umumiy ko’rinishi

Bu vazifani bajarish uchun fizika bilan bog’liq bo’lgan har xil qiziqarli boshqotirmalarni, fizikaviy qonuniyatlarni va masalalarni yechish kerak bo’ladi. Bu kompyuter o’yinini o’ynab mazza qildim. Albatta ayrim masalalarni topishga qiynaldim, shunda fizika kitoblarni titkilab , o’qib oldimga qo’yilgan masalalarni yechishga erishdim. Bu o’yini o’ynab men fizikaning “Mexnika”, “Akustika” , “Termodinamika” , “Elektrodinamikaga ” va “Optika” degan ilgari menga qo’rqinchli ko’ringan bo’limlariga oid qonuniyatlarini o’rganib oldim.

tan_20_12_2009_2

O’yinda mavjud bo’lgan entsiklopediya. Akustika.

tan_20_12_2009_3

Ohir oqibat planetani mudhish hodisadan saqlab qolishga erishdim va maktabda fizika fanini a’lo baholarda o’qiy boshladim.

“Fizikus” o’yinlaridan tashqari “Operatsiya “GЕNIY”. Spetsotryad: Fiziki” o’yini ham zo’r! Bu o’yin Fizikus o’yinidan farqi shundaku , bu o’yinda planetani mudhish xodisadan asrash vazifasi yuklanmaydi. Bu o’yin XIX asrlarda bo’lib o’tadi. Bu o’yin iqtisodiy strategiyaga asoslangan. Bu o’yinda ko’roq fizikaga oid masalalar berilgan ekan. Ushbu o’yindan maqsad shuki: Har xil yangi loyihalar yaratish, yangiliklar kiritish va ular orqasidan foyda hamda daromat topish, ongni rivojlantirish. Qancha harajat qilinsa shuncha, hattoki ortig’i bilan qoplash kerak. Bu o’yin qoidasi oddiy. O’zingizga manzil tanlaysiz, tanlagan manzilingizga yarasha pul beriladi. U o’yinda siz , ishchi, uylar, domlar, zavodlar, mostlar, fabrikalar, suv havzalari, omborxonalar qurishingiz kerak bo’ladi.

tan_20_12_2009_4

“Operatsiya “GЕNIY”. Spetsotryad: Fiziki” o’yini

Bu maqolam orqali shuni aytmoqchimanki, Internet kafelarda bolalarga foydali bo’lgan biror bir fanni o’rgatadigan o’yinlarni o’rnatish kerak deb o’ylayman.

Kelajakda mana shunday o’yinlarni o’zbek tilida yaratishni niyat qilib qo’ydim.

Axmedova Durdona , Toshkent sh. 170 o’rta maktabining 7 b sinf o’quvchisi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top