Infocom.uz

Microsoft Office 2007 – dasturlar paketini o‘rganishda o‘zbek tilidagi «MsOfficeTutor» – interaktiv, multimediali o‘qitish tizimini qo‘llash

O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy kompyuterlarning aksariyatida aynan «Microsoft Office» ofis dasturlaridan foydalaniladi. Ushbu dasturlar paketining standart ko‘rinishi (Unga Ms Office Visio va Ms Office SharePoint Designer kiritilmagan) yordamida oddiy matnli hujjat yaratishdan boshlab, foydalanuvchi ma’lumotlar bazasi, elektron jadval, veb-xizmatlar uchun formatlar, statik veb saytlar va murakkab multimediali taqdimotlargacha yaratish mumkin.

Shunday ekan, har bir kompyuter va axborot resurslari foydalanuvchisi oldida ushbu ofis dasturlari paketini o‘rganish va uning imkoniyatlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida unumli foydalanish maqsadi turadi.

Hozirgi kunda biror dasturiy ta’minot, xususan, Microsoft Office’ning imkoniyatlari, funksiyalari bilan tanishish va unda ishlashni o‘rganishning bir necha usullari mavjud.

1-usul
Dasturda ishlashni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘plab kompyuter kurslari yoki o‘quv markazlarida maxsus darslarga yozilgan holda, haftada bir necha kun qatnab o‘rganish.

Odatda, o‘rganilayotgan dastur murakkabligi va ko‘lamiga bog‘liq ravishda, kurslar 2-4 oy davom etadi.

Afzalliklari:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterda ishlaganingiz uchun mavzuni tushunishingiz oson bo‘ladi.
2. Dars jarayonida biror savol tug‘ilsa, bemalol o‘qituvchidan so‘rab, aniqlik kiritib olishingiz mumkin.

Kamchiliklari:
1. Sizning uyingiz va kompyuter kursi tashkil etilgan joy orasidagi masofa 5-25 km atrofida deb faraz qilaylik, bu masofani talaba va o‘quvchilar asosan jamoat transporti yordamida bosib o‘tadilar. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchining aqliy va jismoniy toliqishiga olib keladi, natijada, kurs materialini o‘zlashtirish samaradorligi pasayadi. Ya’ni charchoqdan xotira susayadi va o‘tilgan materiallar tezda yoddan ko‘tariladi.
2. Iqtisodiy tomoni: hozirgi kunda kompyuter o‘quv kurslarining narxi, o‘qitish sifatiga bog‘liq ravishda, oyiga 30 000 — 150 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu kurslar 2-4 oy davom etishini va shuningdek, o‘quvchini kursga qatnovi uchun ketgan yo‘l xarajatlarini ham hisobga olsak, sarflanadigan mablag‘ 100 000 — 300 000 so‘mni tashkil etadi.
3. O‘quvchi darslarni, o‘ziga kerakligini emas, balki faqatgina kurs ma’muriyati belgilagan ma’lum bir ketma-ketlikda o‘rganishga majburdir, masalan, o‘quvchi rejaga asosan «Microsoft Office» dasturlari bo‘yicha kursning 22 darsini o‘rganishi kerak, ammo u 12-16 darslarga kela olmagan va o‘zlashtirmagan, bunda u o‘qituvchidan aynan u uchun 12-16 darslarni o‘tib berishni so‘rash huquqiga ega emas. (Individual kurslardan tashqari). Natijada olinayotgan bilimda bo‘shliq paydo bo‘ladi.

2-usul. Kerakli dasturni o‘rganish uchun bosmadan chiqqan kitob va qo‘llanmalardan yoki elektron kitoblardan foydalanish: bunda o‘rganilayotgan dastur haqidagi kitob maxsus do‘konlardan xarid qilinadi yoki internet tarmog‘idan ko‘chirib olinadi. Odatda, bosma kitoblarning hajmi 150-600 bet atrofida bo‘ladi, narxi esa foydalanilgan qog‘oz sifati va oq-qora yoki rangli ekanligiga bog‘liqdir, taxminan 20 000-80 000 so‘m atrofida bo‘ladi.

Elektron kitoblar esa PDF, DOC, DJUV, CHM, HLP, AIR, HTML yoki kompilyatsiyalangan EXE fayllar ko‘rinishida uchraydi. Ulardan foydalanishda maxsus o‘qish dasturi kerak bo‘ladi.

Afzalliklari:
1. Biror-bir dasturni o‘rganish uchun uydan chiqish shart emas.
2. O‘quvchi istalgan vaqtda, kerakli betni ochib zarur ma’lumotni olishi mumkin.

Kamchiliklari:
1. Bir vaqt bosma kitoblarni o‘qib turib, kompyuterda ham ishlashda (mashq qilish) inson tez zerikadi, bunda ko‘z muskullari 2 ta obyekt: kitob va kompyuter monitoriga galma-galdan qaratiladi, natijada bu ko‘zimizni va miyani toliqtiradi
2. Ayniqsa, pastroq sifat bilan skanerlangan DJUV, XPS va PDF formatdagi elektron kitoblar o‘qish uchun juda noqulay hisoblanadi.
3. Odatda, bunday kitoblar rus yoki ingliz tillarida bosmadan chiqarilgan, bu esa o‘z navbatida, o‘zbek kompyuter foydalanuvchilariga qiyinchilik tug‘diradi.

office_9_08_2010_1

3-usul. O‘rganishda multimediali, interaktiv dasturiy ta’minotdan foydalanish.
Bunday dasturiy ta’minot Flash yoki Flex texnologiyalari yordamida maxsus yaratilgan interaktiv roliklar va biror IDE (Ms Visual Studio, Delphi, Autoplay Media Studio,Borland C++ Builder)da yaratilgan dasturiy muhitni o‘zida birlashtiradi.

Afzalliklari:
1. Kerakli dasturni uydan chiqmasdan chuqur, mukammal va tez o‘rganish mumkin.
2. O‘quvchi istalgan vaqtda kerakli sahifani ochib, zarur ma’lumotni olishi mumkin.
3. Dars jarayoni o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘ladi.
4. O‘quvchi bajarayotgan har bir harakat ovozli izoh bilan tushuntiriladi

Kamchiliklari:
1. Odatda, bunday dasturlar rus yoki ingliz tillarida yaratilgan, bu esa o‘z navbatida, o‘zbek kompyuter foydalanuvchilariga qiyinchilik tug‘diradi.

Biz taqdim etayotgan «MsOffice Tutor» dasturi Microsoft Office 2007 dasturlar paketini o‘zbek foydalanuvchilariga samarali, tez va sifatli o‘rgatishga imkon beruvchi multimediali, interaktiv dasturiy ta’minot hisoblanadi. «MsOffice Tutor» dasturi interfeysi to‘liq o‘zbek tilida, shu sababli undan rus va ingliz tilini yaxshi bilmaydigan foydalanuvchilar ham samarali foydalanishlari mumkin.

«MsOfficeTutor» interaktiv kursi qanday foydalanuvchilarga mo‘ljallangan?
• Office dasturlari bilan endi tanishayotgan foydalanuvchilar
• Office 2003 paketida ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, endi esa Office’ning yangi, dolzarb versiyasi — Ms Office 2007 dan foydalanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar
• Ms Office 2007 ning faqatgina ayrim dasturlarida ishlay oladigan (Masalan, Word va Excel) va boshqa dasturlarini ham (Access, Power Point, Outlook, Publisher) o‘rganmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar
• Ms Office 2007 ning barcha dasturlarida ishlay oladigan, ammo ushbu dasturlarda bajariladigan ayrim vazifalar uchun o‘zbek tilidagi interaktiv yordamga muhtoj foydalanuvchilar

«MsOfficeTutor» interaktiv kursi vositasida ega bo‘lish mumkin bo‘lgan bilimlar:

Microsoft Office Word 2007
• Word interfeysi bilan tanishish
• «Office» menyusi, tezkor foydalanish paneli, holatlar qatori
• Belgilash, almashtirish buferi bilan ishlash
• Belgilarni formatlash
• Xatboshilarni formatlash
• Hujjatning sahifasini belgilash
• Hujjatga rasm qo‘yish
• Jadval yaratish
• Belgilar va formulalar qo‘yish
• Hujjatlarni yaratish, ochish va saqlash. Shablonlar.
• Nashrdan oldingi ko‘rish va chop etish

Microsoft Office Excel 2007
• Excel interfeysi bilan tanishish
• Yacheykalar bilan ishlash
• Formulalar
• Yacheykalarni formatlash
• Ssilkalar
• Funksiyalar
• Formulalarning o‘zaro bog‘liqligi
• Diagrammalar yaratish
• «Конструктор» da ishlash

Microsoft Office Outlook 2007
• Yangi elektron xabar yaratish
• Elektron xat yuborish va qabul qilish
• Uchrashuvlarni rejalashtirish
• Majlislarni rejalashtirish
• Elektron eslatmalar

Microsoft Office Access 2007
• Access’ni ishga tushirish
• Dastur interfeysi
• Jadval rejimida ishlash
• Jadval rejimida ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash
• Ma’lumotlar qidiruvi, ularni saralash va filtrlash
• Jadvallararo bog‘lanishni tashkil etish
• Ma’lumotlar bazasiga beriladigan oddiy so‘rovlar
• Formalar yaratish
• Hisobot tayyorlash
• Bosmaga chiqarish va manzillarga yuborish

Microsoft Office PowerPoint 2007
• Dastur interfeysi bilan tanishuv
• Slaydlarni yaratish va tahrirlash
• Kolontitul, figuralar va SmartArt obyektlari bilan ishlash
• Grafik mavzular bilan ishlash
• Jadvallar bilan ishlash
• Animatsiya, giperhavola va boshqaruvchi tugmalar
• Tayyor prezentatsiya taqdimoti

Microsoft Office Publisher 2007
• Shablon asosida maket yaratish
• Bukletlar yaratish

Microsoft Office InfoPath 2007
• Umumiy ma’lumotlar
• Formalar yaratish jarayoni
• Natijaviy formalarni e’lon qilish va to‘ldirish

«MsOfficeTutor» interaktiv dasturiy ta’minotining imkoniyatlari:
• O‘rganish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganilayotgan dastur interfeysida ishlash mumkin, ya’ni «MsOfficeTutor» o‘z tarkibiga kiruvchi Word, Excel, Access, Publisher, Outlook. InfoPath, Power Point dasturlari interfeysini emulyatsiya qiladi.
• Barcha darslar interaktiv rejimda tashkil etilgan, ya’ni o‘quvchi o‘rganilayotgan dasturda biror operatsiya qanday bajarilishini nafaqat ko‘rishi, balki bu jarayonda o‘zi ham ishtirok etishi mumkin.
• Kurs tarkibiga kiruvchi barcha darslar o‘zbek tilidagi ovozli izohlar bilan keltirilgan.
• Qulay shaklda bir darsdan boshqa darsga o‘tish mumkin.
• Barcha interaktiv darslar uchun ularni matnli versiyalari tuzilgan, ushbu matnli taqdimotlar o‘rganilayotgan dasturga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan.

Kompyuterga qo‘yiladigan minimal talablar:
Operatsion tizim: Windows 95, 98, 2000, XP, Vista, 7
Protsessor: Pentium III
Operativ xotira: 128 Mb
HDD: 700 Mb
Video: 8 Mb, 1024 х 768 ekran o‘lchami
Ovoz: High Definition Audio

Dastur Windows operatsion tizimining barcha versiyalarida ishlaydi (95-7) va .NET Framework o‘rnatilishini talab qilmaydi

Dasturni ishga tushirish:
Ish stolidagi «MsOffice Tutor» yorlig‘iga 2 marta bosing

office_9_08_2010_3

Dastur ishga tushirilganda, ekranda, 3 soniya mobaynida FADEIn effekti bilan asosiy oyna paydo bo‘ladi.

office_9_08_2010_4

So‘ngra dastur 2 ta rejimda ishlashi mumkin

1-rejim: 32 soniya davomida oyna markazida dasturni foydalanuvchiga tanishtiruvchi animatsion rolik ishlaydi.

office_9_08_2010_5

So‘ngra asosiy oynaning chap tomon yuqori burchagida dasturning asosiy menyusi, ya’ni interaktiv kursning barcha materiallariga bog‘lanishga imkon beruvchi interfeys paydo bo‘ladi.

office_9_08_2010_6

2-rejim: Dastur asosiy oynasi paydo bo‘lgach «AsrorSTART« tugmasiga 1 marta bosing. Bunda ham oynaning chap tomon yuqori burchagida dasturning asosiy menyusi, ya’ni interaktiv kursning barcha materiallariga bog‘lanishga imkon beruvchi interfeys paydo bo‘ladi.

office_9_08_2010_7

O‘rganiluvchi dasturni tanlash:
Buning uchun menyuning chap tomonida joylashgan dastur nomlarining ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltiring:

office_9_08_2010_8

Bunda menyuning o‘ng tomonida ushbu dasturga oid darslar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Chap tomondagi dasturlarni o‘zgartirsangiz, o‘ng tomondagi darslar ham o‘zgaradi.

O‘rganiluvchi darsni tanlash:
Buning uchun menyuning o‘ng tomonidagi biror dasturga oid darslar ro‘yxatidan keraklisining ustiga sichqonchani chap tomondagi tugmasi bilan bosing.

office_9_08_2010_9

Bunda avtomatik ravishda, menyu yopiladi va dastur oynasining markazida tanlangan darsning interaktiv roligi ishga tushadi.

office_9_08_2010_10

Oynaing yuqori qismida darsning nomi va unga oid dastur aks etadi.

office_9_08_2010_11

Interaktiv rolikni vaqtinchalik to‘xtatish uchun Pause, boshiga qaytish uchun Stop tugmasini bosing.

office_9_08_2010_12

Rolik holatini boshqarish Slider elementi tomonidan amalga oshiriladi.

office_9_08_2010_13

Xulosa qilib aytganda, kompyuter dasturlarini talaba va o‘quvchilarga o‘rgatish uchun interaktiv, multimediali dasturlardan foydalanishda, «Microsoft Office» dasturlar paketi va «MsOffice Tutor» dasturi juda ham samarali yordam beradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top