Infocom.uz

Milliy UZ domeni internet-festivaliga start berildi

dsc09708

Matbuot anjumanida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari X.Mirzaxidov, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi koordinatori A.Abduraimov, UZINFOCOM markazi direktori J.Raximovlar ishtirok etishdi. Festival koordinatori infoCOM.UZ jurnali tahrir hay’ati raisi A.Suchkov festivalning o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari vakillariga axborot berdi.

Tanlovda UZ domenidan ro‘yxatdan o‘tgan saytlar ishtirok etadi. Unda qatnashish uchun sayt egalari, foydalanuvchilari festivalning rasmiy veb-sayti – www.if.uz orqali ariza beradilar. Arizalar berish muddati 10 avgustdan 10 sentabrga qadar davom etadi.

Ishtirokchi saytlarni baholash uchun internet-texnologiyalar, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalar mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tashkil etiladi. Hakamlar hay’ati 10 sentabrdan 25 avgustga qadar 13ta mavzuli va ikkita maxsus nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi saytlar nomini aniqlaydi. Shuningdek, tanlovning 13 yo‘nalishida ishtirok etayotgan saytlarning belgilangan ma’lum muddatda eng ko‘p xost (murojaat etilgan) to‘plaganlari WWW.UZ qidiruv tizimining maxsus sovrinlari bilan taqdirlanadi. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi Axborot texnologiyalari haftaligining birinchi kuni – 26 sentabr sanasida o‘tkaziladi.

Bu yilgi internet-festivalning o‘tgan yilgilardan farqi unda ayrim yangi nominatsiyalar joriy qilingan. Jumladan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi eng yaxshi sayt” yo‘nalishida ham eng yaxshi saytlar aniqlanadi.
Festivalni o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizda internet tarmog‘ini yanada ommaviylashtirish, tarmoqdagi milliy kontentni boyitish, internetda o‘zbek tilidagi axborotlar hajmini kengaytirishga xizmat qilishdan iboratdir.

Bu yilgi tanlov ham o‘tgan yilgilari kabi UZ domeni hududida joylashgan qiziqarli va foydali saytlarni aniqlab beradi, degan umiddamiz.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top