Infocom.uz

Mobil Internetdan arzon foydalanish uchun MTS-O‘zbekiston kompaniyasining yangilangan «Internet-paketlari»

Navro‘z bayrami arafasida MTS-O‘zbekiston kompaniyasi o‘z abonentlariga avvalgi arzon narxlardagi yangi «Internet 60» va «Internet 125» Internet-paketlarini taklif etadi, ushbu paketlarda Internet trafik hajmi 20 foizga va 25 foizga o‘shirildi.

Endi quyidagi Internet-paketlarni aktivlashtirish mumkin:

mts_18_03_2011

«Ma’lumotlarni mobil uzatish xizmatlariga bo‘lgan talab oshib borayotgani sababli biz mobil Internetdan aktiv foydalanuvchilar uchun takliflar ro‘yxatini kengaytirib borishni davom ettiryapmiz. Yangilangan «Internet-paketlar»ni ulagan abonentlar o‘z xarajatlarini samarali nazorat qilish imkonini beruvchi eng foydali Internet paketlariga ega bo‘ladilar», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.

Bitta raqamda bir vaqtda ikkita «Internet-paket»ga ulanish mumkin. Har bir paketning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Paket narxi aktivlashtirilganda olinadi.

MMS/WAP/GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. «Sozlab ol» bepul xizmatining 0876 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, avtomatik sozlashlarni olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top