Infocom.uz

«Mobil portal *111#» xizmatining qo‘shimcha imkoniyatlari

2011 yil 20 iyundan boshlab qo‘ng‘iroqlarni hisob-kitob qilishning yangi tizimiga o‘tkazilgan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida MTS-O‘zbekiston kompaniyasi «Mobil portal *111#» xizmatiga qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Endi kompaniya abonentlari qo‘ng‘iroqlar, SMS, Internet va boshqa xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar. Ularni *111# USSD-portal orqali MTS PLUS menyusidan ko‘rishi mumkin yoki 6112 raqamiga SMS orqali 1 raqamini yuborib, batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

«Balansni tekshirib ko‘rish mobil aloqa abonentlari ko‘p foydalanadigan servislardan biri hisoblanadi, shu sababli bugun biz abonentlarimizga o‘z hisoblarini tekshirishning yanada ko‘proq imkoniyatlarini taqdim etamiz. Endi abonentlarimiz on-layn rejimida o‘z xarajatlarini kuzatibgina qolmay, balki har bir xizmatga sarflangan xarajatni ko‘rishlari ham mumkin», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shodmonov.

Xizmatlar haqida qo‘shimcha ma’lumotni kompaniya ofislarida, MTSning www.mts.uz saytida va 0890 raqami orqali Aloqa markazida bilib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top