Infocom.uz

MOBIL TELEFONI DIQQATNI CHALG‘ITMASIN

Hayotimizga kirib kelayotgan barcha yangiliklarning ijobiy, shuningdek, ayrim salbiy tomoni bo‘lganidek, axborotlarni tezkor yetkazib beruvchi, uzoqni yaqin qiluvchi, mobil telefonlardan foydalanishning salbiy jihatlari ham mavjud. Bunga xususan avtomobil boshqaruvi jarayonida mobil telefonlardan foydalanishni misol qilish mumkin. Mazkur holat harakatlanish davrida inson diqqatini chalg‘itib, kutilmagan, yomon oqibatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, o‘z diqqatini boshqarishni o‘rganish barcha uchun, ayniqsa, har kuni mashina rulini boshqaruvchilarga ortiqchalik qilmaydi. Ba’zan yo‘l transprort harakati hodisalariga ishtirokchi bo‘lib qolgan haydovchilarni uchratib qolamiz. Buni baxtsiz tasodif deb baholamoqchi bo‘ladilar. Aslida, bunga haydovchining xayoliparishonligi sabab bo‘ladi, ya’ni bunday insonlar o‘z diqqatini jamlay olmaydilar. Ba’zan bu qattiq toliqish, yomon kayfiyatga ham bog‘liq bo‘ladi, biroq psixologlar haydovchilar o‘z diqqatlari ustida mashq qilishlari tufayli yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina ko‘ngilsizliklarning oldini olish mumkin, deb hisoblaydilar.

Muntazam to‘xtovsiz harakat oqimi bo‘lgan katta yo‘lga chiqish oldidan haydovchi tezda qaror qabul qilishi uchun katta axborot oqimiga ziyrak bo‘lishga tayyor bo‘lishi kerak. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, har bir daqiqada insonga qator ichki va tashqi dunyo omillari ta’sir etib turadi, barcha insonlar ham bir vaqtning o‘zida shunday ta’sirga javob berishga qodir emas. Haydovchi biron bir narsaga o‘z diqqatini jalb etishi zarur. Bu chorrahalarda, ko‘rinishi yomon bo‘lgan sharoitlarda juda muhimdir. Tajribali haydovchilar alohida harakatlarni avtomatlashtirish evaziga o‘z diqqatlarini taqsimlanishiga qodir bo‘ladilar. Masalan, endigina mashina boshqaruviga o‘rganayotgan boshlovchi haydovchi tepalikka ko‘tarilishda o‘z diqqatini harakat o‘rtasida taqsimlay olmaydi. Qo‘l tormozini qo‘yib yuborib hamda pedalni bosishga qaratishi kerak. Shu vaqtning o‘zida yo‘riqchining ko‘rsatmalarini tinglashning va yo‘ldagi vaziyatni kuzatishning iloji yo‘q.

Turli insonlarga kelgusida o‘z diqqatini oson va yengil taqsimlashi uchun vaqt hamda har xil mashqlar miqdori talab etiladi. Bu insonning xotirasi, tafakkuri, hissiyotga berilishi, iqtidorliligi va hatto uning o‘ziga xos tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq ma’lumki, diqqat hajmi cheklangan. Tajribalar ko‘rsatishicha, inson diqqati bir vaqtning o‘zida faqatgina to‘rt-olti ob’ektni qamrab olishi mumkin. Shu sababli o‘z diqqatini biror narsaga qarata olish ham ahamiyatga molik. Masalan, asboblar paneli ko‘rsatkichlaridan avtomobil boshqaruvi richaglariga diqqatni ko‘chira bilish juda muhimdir. Haydovchilar ozmi-ko‘pmi muntazam harakatli, masalan, 2-3 yo‘l belgisiga diqqatlarini qarata oladilar. Shuning uchun murakkab vaziyatlarda inson idroki noto‘liq va bir xil bo‘lmasligi mumkin. Xususan, katta harakat oqimi bo‘lgan barcha harakat ishtirokchilarini sezishning iloji bo‘lmaydi. Diqqatning hajmi haydovchida maxsus mashqlar yordamida va kundalik amaliyotda rivojlanadi. Har bir haydovchi o‘z diqqati xususiyatlarini, uning kuchli va oqsaydigan jihatlarini yaxshi bilishi, yomon sharoitlarda ham o‘zida ishlash qobiliyatini saqlashga o‘rgatishi kerak. Biroq xotira yomonlasha boshlasa, nima qilish kerak?

Parishonxotirlik haydovchiga jiddiy xavf solishi mumkin. Turli yo‘l vaziyatlarini ifodalab, shu holatda diqqatni “ishlash” ga majbur qiluvchi ko‘pgina trenajerlar mavjud. Ular haydovchilarning diqqatlarini jamlashga yazshi yordam beradi. Ma’lumki o‘tgan 2006 yilda qabul qilingan qonunda mobil telefondan mashina boshqaruvi davrida foydalanish taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan keling, avtomashina boshqaruvida diqqatingizni yo‘ldan va svetofor chiroqlaridan boshqa narsa chalg‘itmasin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top