Infocom.uz

MTS dan yangi “Tungi Internet” xizmati

“Tungi Internet” xizmatini yoqtirgan kompaniyaning barcha abonentlari har kuni tungi 01:00 dan ertalab 08:00 gacha mobil Internetdan ikki barobar ko’proq foydalanishlari mumkin. “Tungi Internet” xizmati mobil Internetning aktiv foydalanuvchilariga saytlarni ko’zdan kechirish, elektron pochta bilan ishlash, grafik va videofaylllarni yanada arzon narxlarda ko’chirib olish imkonini beradi.

“O’zbekistonda innovatsion texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanishi mobil Internet uchun yangi istiqbollarni yaratadi. Biz O’zbekistonda mobil Internetning keng qo’llamli istiqboliga ishonch bilan qaraymiz, shu sababli bugunning o’zidayoq abonentlarimizgamobil Internetdan foydalanishning maksimal qulay shartlarini taklif etamiz”,- deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasining tijorat bo’yicha bosh direktor o’rinbosari Nuriddin Shadmanov.
“Tungi Internet” xizmatining narxlari:

“Tungi Internet” xizmatiga ulanish:

pic

  • *111*0240# USSD-komandasi yordamida;
  • “Mobil portal” xizmati orqali;
  • SMS orqali 616024 raqamiga “1” ni yuborib;
  • “Shaxsiy kabinet” va “Korporativ shaxsiy kabinet” xizmatlari yordamida.

    RED tariflarining abonentlariga:

    – *111*2*8*1# USSD-komandasi yordamida;
    – “ISSA” Internet xizmati yordamida;
    – Kompaniya ofislarida.

  • Facebook
    Twitter
    LinkedIn
    Telegram
    Email

    Shuningdek o'qing:

    Scroll to Top