Infocom.uz

MTS kompaniyasidan “Farzandlar – bizning baxtimiz” MMS-konkursi

Toshkent, O’zbekiston – O’zbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori Uzdunrobita XK, “Mobil Tele Sistemalar” (NYSE: MBT) ochiq aktsiyadorlik jamiyatining 100% sho’ba korxonasi, “Farzandlar – bizning baxtimiz” MMS-konkursi boshlaganligi xaqida e’lon qilmoqda.

Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga bag’ishlab 2009 yilning 1 iyunidan 30 iyunigacha MTS-O’zbekiston kompaniyasi o’z abonentlari uchun “Farzandlar – bizning baxtimiz” MMS-konkursi haqida elon qiladi. Mazkur konkursda ishtirok etib, kompaniya abonentlari MMS-konkursning Internet saytida o’z farzandining qiziqarli fotosuratini joylashtirib, kichkintoylar hayotidagi qiziqarli lahzalarni boshqalarga ham ko’rsatishlari mumkin. Buning uchun mobil telefondan [email]kids@mts.uz[/email] elektron manzilga bolalarning qiziqarli fotosuratini yuborish kifoya (MTS narxi $0,05). Takidlaymizki, 2009 yil 11 maydan boshlab MTS-xabarlarning maksimal hajmi 300 kilobaytni tashkil qiladi.

Konkurs uchun yuborilgan va unga qabul qilingan xar bir fotosuratga identifikatsiya (ID) raqami beriladi, u bo’yicha konkurs saytida uni osongina topish va SMS-xabar yuborib, unga ovoz berishlari mumkin. SMS-xabarlar narxi $0,03 (1 ovoz) va $0,15 (6 ovoz). Buning uchun konkursning [url=http://www.kids.mts.uz]www.kids.mts.uz[/url] saytiga tashrif buyurib, yoqqan fotosuratni tanlab, uning ID-raqamini 350 yoki 351 raqamiga SMS orqali yuborish kerak.

Eng ko’p ovoz olgan beshta fotosurat egalari quyidagi qimmatbaxo sovg’alarga ega bo’ladilar:
1-o’rin – raqamli fotoapparat;
2- o’rin – raqamli fotoalbom;
3- o’rin – mobil telefon;
4- o’rin – Bluetooth garnitura;
5- o’rin – xotira kartasi (8Gb) + USB 2.0 Card Reader.
6 chi o’rindan 25 o’ringacha MTS kompaniyasidan brendlangan esdalik sovg’alar taqdim etiladi.

“Farzandlar – bizning baxtimiz” MMS-konkursi xaqidagi batafsil axborotni [url=http://www.kids.mts.uz]www.kids.mts.uz[/url] saytida olish mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top