Infocom.uz

MTS kompaniyasidan yangi “Mobil otkritkalar portali” xizmati

Mazkur servisning antiqaligi shundan iboratki, mobil otkritkalar portaliga kirgan abonentlar 30 kun davomida o’z do’stlariga cheklanmagan miqdorda otkritkalar yuborish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

“Mobil otkritkalar portali” xizmatidan foydalanish uchun:
– Abonent *111# USSD-portalidagi “Otkritkalar” bo’limi yordamida mobil otkritkalar katalogini so’raydi, shundan so’ng unga SMS orqali katalog WAP-havolasi yuboriladi;
– WAP-havola orqali kirgach, abonent mobil otkritkalar wap-portaliga o’tadi;
– Abonent tegishli toifani va yoqqan otkritkani tanlaydi;
– Abonent formani to’ldiradi (qabul qiluvchining raqami, ismi, o’zining tabriklari) va otkritkani yuboradi;

Qabul qiluvchi 11110 bepul raqamidan otkritka uchun wap-havolani oladi, unga o’tib, u otkritkani ko’chirib olishi va uni ko’rishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun otkritkalarni yuboruvchi abonentda va qabul qiluvchi abonentda GPRS/WAP/MMS xizmati yoqilgan bo’lishi hamda WAP-profil sozlangan bo’lishi lozim.

Agar GPRS/WAP/MMS xizmati hali ulanmagan bo’lsa, *111*0011# USSD-komandasini terishi kerak.

0876 raqamiga qo’ng’iroq qilib, “Sozlab ol” bepul xizmatidan foydalanib, telefonda WAP-profilni sozlab olish mumkin.

Otkritkalar portalidan 30 kun davomida foydalanish uchun 1 ta so’rov yuborish narxi – $1,99. Barcha kiruvchi xabarlar – bepul.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top