Infocom.uz

MTS-O’zbekiston abonentlari uchun «Savol-javob» SMS-viktorinasi

SMS-viktorina o’tkaziladigan vaqtda har kuni ASUS netbugi o’ynaladi (Internetdan foydalanish va ofis qo’llanmalari bilan ishlashga mo’ljallangan noutbuk) – kun davomida eng ko’p ball olgan ishtirokchi unga ega bo’ladi. Hafta davomida eng ko’p ball to’plagan abonent bosh sovrinni, ya’ni dioganali 32 dyumli Samsung LCD televizorini qo’lga kiritadi. Jami SMS-viktorinada 78 ta ASUS EeePC 1001HA netbugi va 13 ta LCD Samsung televizori o’ynaladi.

«Savol-Javob» SMS-viktorinasi – intellektual-ko’ngilochar o’yin bo’lib, uning ishtirokchilariga oson va qiziqarli savollarga javob bergan holda o’z bilimlarini ko’rsatishni taklif etadi. Javoblar uchun ballar qo’shiladi. Viktorinada qatnashish uchun 2010 servis raqamiga istalgan SMS-xabar yuborish kifoya. Bunga javoban abonent SMS-xabarlar narxi va interaktiv muloqot tilini aniqlash hamda istalgan nomda ro’yxatdan o’tish imkoniyati haqida ma’lumot oladi. Rus tilini tanlash uchun 2010 servis raqamiga RUS komandasini, o’zbek tilini tanlash uchun UZ komandasini yuborish kerak.

Xizmatni boshqarish:
2010 raqamiga SMS-so’rov yuborib:

mts_01_03_2010

2011 raqamiga SMS-so’rov yuborib:

mts_01_03_2010_1

Muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tgach, ishtirokchi birin-ketin savollar va 2 ta javob variantlarini oladi.
Savolga javob berish uchun tanlangan javob raqamini (1 yoki 2) yuborish kerak.

«Savol-Javob» viktorinasi shartlari haqidagi batafsil ma’lumot www.mts.uz saytining Aksiya bo’limida

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top