MTS-O‘zbekiston kompaniyasi o‘z abonentlarini xursand qilishni davom ettiradi – 2011 yil 1 maydan boshlab abonentlarga GPRS-Internet xizmatiga sarflanadigan o‘z xarajatlarini kamaytirish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Endi Internet-paketlarni xarid qilgan abonentlar Internet-paketlarning avvalgi narxiga nisbatan 30% kamroq mablag‘ sarflashlari mumkin.
Quyidagi Internet-paketlarga ulanish mumkin:
«Hozirgi hayotni mobil Internetsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli biz tarmoqda ishlash uchun yangi taklifni taqdim etamiz. Biz Internet-paketlarning yangi narxlari tufayli mobil Internet foydalanuvchilari barcha foyda va afzal tomonlarni his etadi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.
Bitta raqamga bir vaqtda 2 ta «Internet-paket»ni ulash mumkin. Har bir paketning amalda bo‘lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.
Paket narxi aktivlashtirilganda olinadi.
MMS/WAP/GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. «Sozlab ol» bepul xizmatining 0876 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, avtomatik sozlashlarni olish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot
Tariflar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumotni www.mts.uz saytida, 0890 raqami orqali Aloqa markazida yoki abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida olish mumkin.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi