Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasi «Korporatsiya» tarif rejalari shartlarini yangilanmoqda

MTS-O’zbekiston kompaniyasi mijozlari uchun navbatdagi xushxabar. Endi «Korporatsiya» korporativ tarif rejalarining barchasida korporativ guruh ichidagi chiquvchi qo’ng’iroqlar paketdagi imtiyozli daqiqalar limitini sarflamaydi. Buning ustiga, avvalgidek tarmoq ichidagi barcha kiruvchi va bepul servis raqamlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar ham mazkur limitni hosob-kitob qilayotganda hisobga olinmaydi.

«Korporatsiya» tarif rejalaridagi qolgan shartlar o’zgargani yo’q: tarmoq ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar arzon narxda – suhbatning ikkinchi daqiqasidan boshlab $0,01, birinchi daqiqa narxi esa – $0,02. O’zbekiston bo’yicha barcha qolgan chiquvchi qo’ng’iroqlar daqiqasi atigi $0,02 dan narxlanadi.

MTS-O’zbekiston kompaniyasining bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Shadmanov «Korporatsiya» tarif rejalarining yangilanishiga izoh berdi: «Kompaniyamiz korporativ segmentni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Yaqinda biz yangi «Korporatsiya 1500» tarifini ishga tushirib, «Korporatsiya» tarif rejalari qatorini kengaytirdik, bugun esa biz korporativ guruh uchida bepul chiquvchi qo’ng’iroqlarni amalga oshirayotganda mijozlarimizga imyiyozli daqiqalar limitini tejash imkonini berib, xizmatlarning qulayroq shartlarini taklif qildik».

«Korporatsiya» tarif rejalariga MTS tarmog’iga 3 tadan ortiq raqamni ulab, ulardan foydalanayotgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar ulanishlari mumkin.

«Korporatsiya» tarif rejalari abonentlariga xizmat ko’rsatish uchun MTS ofislarida korporativ mijozlar bilan ishlash Departamentning maxsus xodimlari ishlaydilar. Bundan tashqari, kompaniyaning korporativ mijozlari uchun alohida 0990 raqami bo’yicha kechayu-kunduz ma’lumot xizmati islaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top