Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasi «Mobil TV» xizmatidan foydalanish narxini ikki marta arzonlashtirdi

2010 yil 20 maydan O’zbekistonning ikkita etakchi “O’zbekiston” va “Markaz TV” telekanallarini bevosita mobil telefondan ko’rish imkoniyatini beruvchi “Mobil TV” xizmatidan foydalanish harxi $0,05 (1 daq.) arzonlashtirildi.

«Kompaniyamiz doimo o’z abonentlariga qoshimcha xizmatlardan foydalanish uchun qulayroq sharoitlar yaratib berishga intiladi. Amalga oshirilgan oxirgi o’zgarishlar yanada ko’proq abonentlarimizga «Mobil TV» xizmatidan foydalanish va bevosita mobil telefondan o’zlarining sevimli ko’rsatuvlarini, filmlarini, sport uzatishlarini va boshqa ko’plab dasturlarni tomosha qilish imkonini beradi deb umid qilamiz», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi tijorat bo’yicha bosh direktor o’rinbosari N.K. Shadmanov.

Xizmatdan foydalanish uchun 3G texnologiyasi va Video Streaming servisiga moslashgan telefonga ega bo’lish, «GPRS/WAP/MMS» xizmatini aktivlashtirish va 3G tarmog’i xizmat doirasida bo’lish zarur. Sevimli telekanalni tomosha qilishi uchun foydalanuvchi mobil telefondan wap.mts.uz WAP-portaliga kirishi va «Mobil televideniye» bo’limida telekanal tanlashi kifoya.

«Мobil televideniye» xizmati to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotni www.mts.uz saytida, 0890 va +998971300909 raqamlari orqali Aloqa markazida, shuningdek kompaniya ofislarida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top