Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasi «МТS 3G Modem» va «МТS 3G Modem Turbo» USB-modemlarini sotishga kirishdi

МТS-O‘zbekiston kompaniyasi Navro‘z bayrami arafasida poytaxtliklar va poytaxt mehmonlariga Toshkent shahridagi MTS kompaniyasi ofislarida brendli USB-modemlar sotish boshlanganini ma’lum qilishdan mamnun.

A.Temur, 24 (Dedeman mehmonxonasi ro‘parasida) va Shayxontohur, 16 (Labzak) manzilida joylashgan kompaniya ofislaridan biriga tashrif buyurgan barcha xohlovchilar ikkita brendli USB-modemlarni xarid qilishlari mumkin: «МТS 3G Modem» va «МТS 3G Modem Turbo».

Ushbu ikki modem o‘rtasidagi farq ma’lumotlar uzatishning maksimal tezligida namoyon bo‘ladi. Jumladan, «МТS 3G Modem»dan foydalanganda maksimal tezlik sekundiga 3,6 megabitga yetadi, «МТS 3G Modem Turbo»dan foydalanganda esa maksimal tezlik sekundiga 7,2 megabitni tashkil etadi. Ushbu modemlar narxi tegishli ravishda 45 000 so‘m va 60 000 so’m.

«Biz MTS-O‘zbekiston abonentlarining mobil Internet xizmatlaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha strategiyani amalga oshirishni davom etmoqdamiz va Navro‘z bayrami arafasida rekord darajada arzon narxda brendli USB-modemlarning ikki turini sotishni boshladik, bu esa mobil Internet-servislardan foydalanishni oshiradi», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.

Brendli USB-modemlar haqida qo‘shimcha ma’lumotni 0890 raqami orqali MTS Aloqa markazida, kompaniya ofislarida va www.mts.uz saytidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top