Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasi «Muloqot mavsumi»ni ochib beradi

Ushbu aksiya shartlariga ko‘ra, «RED Basic», «RED Light», «RED Night», «RED Energy» tarif rejalariga yangi ulangan abonentlarga aksiya amalda bo’lgan 3 oy davomida narxlanmaydigan 60 daqiqadan iborat iborat bo’lgan bepul paket beriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, birinchi «60 daqiqa» paketi abonentning 0022 raqamiga birinchi qo’ng’irog’idan keyin avtomatik ravishda aktivlashtiriladi. Keyingi paketlar birinchi paket aktivlashtirilgandan keyin qolgan 2 oyning boshida avtomatik ravishda aktivlashtiriladi.

Izoh:
«60 daqiqa» paketlari quyidagi holatlarda o‘chiriladi:
• Tarif reja barcha ochiq tarif rejalarga almashtirilsa (“RED Basic”, “RED Light”, “RED Night”, “RED Energy” tarif rejalaridan tashqari);
• Shartnoma bekor qilinsa yoki qayta rasmiylashtirilsa;
• Vaqtinchalik blokirovkada bo’lsa (oldindan to’lov amalga oshirilmasa). Paket daqiqalari haqi pul ekvivalentida to’lanmaydi, shu jumladan abonentga xizmat ko’rsatish shartnomasi bekor qilinsa ham.
«60 daqiqa» paketida qancha daqiqa qolganini tekshirish: *111*212#.

«Muloqot mavsumi» aksiyasi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotni 0890 raqami orqali MTS Aloqa markazida, kompaniya ofislarida va www.mts.uz saytidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top