2011 yil 10-28 fevral kunlari SMS-paketlarning aktiv foydalanuvchilari MTS-O‘zbekiston kompaniyasining yangi «SMS-bonuslar» aksiyasida ishtirok etishlari mumkin. Ushbu aksiya doirasida kompaniya abonentlari yangilangan SMS-paketlarni avvalgi narxda aktivlashtirishlari mumkin, unda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabarlar soni 100 foizgacha ko‘paytirildi.
Quyidagi SMS-paketlarga ulanish mumkin:
«Bugun biz SMS orqali muloqotda bo‘lishni ma’qul ko‘radigan abonentlarimizga o‘z yaqinlarini bo‘lg‘usi bayramlar bilan tabriklashlari uchun SMS-xabarning eng arzon narxini taklif etamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Shodmonov.
Izohlar:
• Har bir paket narxi unga ulanganda abonent hisobidan olinadi. Istalgan paket aktivlashtirilganidan keyin abonent hisobida kamida $1 qolishi kerak;
• Bir vaqtda har bir raqamda ikkita SMS-paket aktivlashtirilishi mumkin. Har bir SMS-paketning amalda bo‘lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun;
• Aktivlashtirilgan SMS-paketda foydalanilmagan xabarlar nechta qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandani yuborish kerak;
• SMS-paketlardagi SMS-xabarlarni O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlariga yuborish mumkin. Kontent-provayderlar xizmatlariga yuborilgan xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va SMS-so‘rovlar ular uchun belgilangan narxda narxlanadi. MMS-paketlardan iborat xabarlarni MTS-O‘zbekiston tarmog‘ida yuborish mumkin.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi