Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasi WAP-portalining yangi versiyasini ishga tushirdi

WAP-muhitidan media-elementlarni bir marta bosib ko‘chirib olish modеli Yevropa va mobil aloqaning boshqa rivojlangan bozorlarida faol qo‘llaniladi, endi MTS-O‘zbekiston kompaniyasi abonentlari ham tariflashning bunday modelidan foydalana oladilar.

Foydalanishning oddiyligi va qulayligi yangi texnologiyaning asosiy ustunligi hisoblanadi, bu esa kontent olish jarayonini sezilarli darajada engillashtiradi, abonent vaqti va harakatlarini tejaydi, shuningdek, xato buyurtmalar ehtimolini kamaytiradi. Joriy WAPG`GPRS-sessiyasi uzulmay turib, haq to‘lash va kontent ko‘chirish mumkinligi uning muhim xususiyati hisoblanadi.

Yangi texnologiya joriy etilishi bilan MTS-O‘zbekiston kompaniyasi abonentlari rang-barang kontentga tezlikda kirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. wap.mts.uz saytidan chiqmay turib, tanlangan dastakni bosib, abonentlar bir zumda xohlangan kontentni o‘z mobil telefonlariga ko‘chirib olishlari mumkin, uni ko‘chirib olishdan oldin esa uning mundarijasi bilan tanishib chiqishlari mumkin, masalan, rasmni yoki o‘yin ta’rifini ko‘rishlari mumkin. Avval esa kontentni ko‘chirish uchun kodni SMS orqali yuborish va WAP-manzilni olish talab etilardi.

WAP-portalning yangi versiyasi GPRS asosida xizmatlardan foydalanuvchi saytga tashrif buyuruvchilarning keng auditoriyasiga mo‘ljallangan. Yangi bezaklarni ishlab chiqayotib, ham interfeysni maqbullashtirish bo‘yicha, ham umuman kontentni taqdim etish bo‘yicha ustuvor vazifalar qo‘yildi. WAP-portalda taqdim etilgan butun kontent ko‘pchilik telefon modellariga to‘g‘ri keladi. wap.mts.uz portalidagi media-resurslardan tashqari dolzarb ma’lumotnoma va ko‘ngilochar ma’lumot, jumladan, valyutalar kurslari, ob-havo, munajjimlar bashorati, latifalar va ko‘plab boshqa narsalar joy olgan.

“Strategiyamiz doirasida biz yangi ishlanmalarni tatbiq etishni davom ettirayapmiz, bugun korporativ WAP-portalimizni ma’lumotlar va xizmatlar bilan boyitishning sifat jihatidan yangi darajasiga olib chiqdik. Foydalanishning qulayligi va biz taklif etayotgan yangi imkoniyatlar portalimizni mamlakatdagi eng yaxshi WAP-resurslardan biriga aylantiradi,” – deydi MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari N.K. Shodmonov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top