Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasi «Xalqaro SMS-paketlar» hajmini 2 marta oshirdi

2010 yil 1 noyabrdan boshlab MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlariga avvalgidek arzon narxda 2 marta ko’proq xalqaro SMS-xabarlar yuborish imkoniyati beriladi. Endi yangilangan «Xalqaro SMS-paketlar»dan foydalangan abonentlar muloqot intensivligiga qarab, xalqaro SMS-xabarlarning 3 xil paketini tanlashlari mumkin, ularni xalqaro mobil operatorlar abonentlariga yuborish mumkin.

«Bugun biz xalqaro SMS-xabarlarni yuborish uchun abonentlarimizga yana ham qulayroq imkoniyatlarni taklif etayapmiz. Tashabbusimiz tufayli yana ham ko’proq abonentlarimiz o’z do’st va yaqinlariga ular qayerda bo’lmasin xalqaro SMSlar yubora oladi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shodmonov.

Quyidagi «Xalqaro SMS-paketlar»ga ulanish mumkin:

mts_1_11_2010_1

Har bir paket narxi unga ulanganda hisobdan olinadi. Har bir raqamga bir vaqtda ikkita «Xalqaro SMS-paket» ulash mumkin. Har bir «Xalqaro SMS-paket»ning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Aktivlashtirilgan SMS-paketda qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*026# USSD-komandasini yuborish kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top