Infocom.uz

МТS-O’zbekiston kompaniyasi yangi platformani ishga tushirmoqda

Abonentlarni yangi hisob-kitob tizimiga o’tkazish loyihasi MTS guruhining real vaqt rejimida tariflash va ovozli xizmatlar bilan bir qatorda abonentlarga qo’shimcha servislardan foydalanish imkonini beradigan IN-platforma – uskuna va dasturiy komplekslarning ta’minlovchilarni uyg’unlashtirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangi platformaga o’tish O’bekistondagi MTS abonentlariga o’z balanslarini real vaqt rejimida kuzatishlariga imkoniyat yaratadi. Yani har bir pullik xizmatidan so’ng, abonent o’z hisobidan ketgan mablag’ni on-line rejimida bilib oladi, hisobda ma’lum bir darajada pul qolganda esa (hozircha kamida 0.5$) abonentga o’z hisobini to’ldirishi kerakligi haqida ma’lumot berib xabardor etiladi. Bundan tashqari, yangi platformaga o’tgandan so’ng, abonetlar quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

• «Ijobiy nol» – agar abonent qarzi $0.10 dan oshmagan bo’lsa, hisobda pul bo’lmasa ham kiruvchi bepul qo’ng’iroqlarni va SMSlarni qabul qilishi mumkin;
• «Ishonchli to’lov» – bo’lg’usi to’lovlar hisobidan 3 kun davomida aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun o’z hisobiga pul o’tkazish imkoniyati.

Shuningdek abonentlarda ovozli portal (IVR) va ISSA (hozirgi “Shaxsiy kabinet” analogi) kabi o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishning yanada qulayroq tizimlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Shuni ta’kidlash lozimki, MTS-O’zbekiston abonentlari yangi platformaga bosqichma-bosqich o’tkaziladi, o’tkazilishidan avval har bir abonent uning raqami yangi platformaga o’tkazilayotgani haqida xabardor etiladi, uning raqami yangi platformaga o’tganidan keyin esa tegishli SMS-xabar oladi.

«MTS-O’zbekiston tarmog’ida tatbiq etilayo’tgan tizim hozirgi vaqtda eng ilg’or yechimlardan biri bo’lib – abonentlar bilan nafaqat hisob-kitob qilishning tezkorligini oshirish, bu esa o’z navbatida abonentlarga real vaqt rejimida o’z hisobini nazorat qlishni, balki yangi imkoniyatlarni ochib beradi, chunki yangi platforma abonentlarga ko’rsatiladigan xizmatlar ko’lamini kengaytiradi», – deb izoh berdi MTS-O’zbekiston kompaniyasining bosh direktorining axborot texnologiyalari bo’yicha o’rinbosari Rahimov А. R.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top