Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasidan «Hammaga salom!» tarifi

Tariflar sonini ko‘paytirib borayotgan MTS-O‘zbekiston kompaniyasi yangi «Hammaga salom!» tarifini taklif etadi. Ushbu tarif ham O‘zbekiston bo‘yicha, ham «Uzdunrobita» XK tarmog‘ida tez-tez qo‘ng‘iroq qiluvchi abonentlar uchun eng qulaydir. Ushbu tarifda O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va MTS-O‘zbekiston tarmog‘i ichidagi suhbatning birinchi 3-daqiqasi narxi – $0,015 (1 daq. uchun). 3-daqiqadan keyin tarmoq ichidagi suhbatlar narxi – $0,005. Bunda barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar avvalgidek bepul va abonent to‘lovi yo‘q.

Ta’kidlash lozimki, yangi tarifda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS va MMS–xabarlar narxi – $0,015 (1 xabar uchun). Bundan tashqari, ushbu tarifda 1 Mb GPRS-Internet va GPRS-WAP trafik narxi atigi – $0,06.

Yangi «Hammaga salom!» tarif rejasiga MTS ofislarida va kompaniyaning dilerlik punktlarida ulanish mumkin. Avval ulangan abonentlar quyidagi usullardan biri orqali «Hammaga salom!» tarifiga o‘tishlari mumkin:
• USSD-portal orqali, *111# raqamiga qo‘ng‘iroq qilib;
• *111*120# USSD-komanda yuborib;
• 616120 raqamiga «1» raqamini SMS orqali yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

«Yangi «Hammaga salom!» tarifi ishga tushirilishi bilan abonentlarimiz uchun mobil aloqa muloqotning yanada foydali va universal vositasiga aylanadi, chunki ushbu taklif tufayli insonlar bilan muloqot yanada qulay va arzonlashadi», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Shadmanov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top