Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasidan «Tungi muloqot» xizmati sovg‘a tariqasida aksiyasi

2011 yil 1 avgustdan 31 avgustgacha MTS-O‘zbekiston tarmog‘iga ulangan barcha yangi abonentlar va avval ulangan abonentlar avtomatik ravishda aksiya ishtirokchilariga aylanadi va «Tungi muloqot» xizmatiga bepul ega bo‘ladi. Ushbu xizmatda abonent to‘lovi yo‘q.

Ushbu aksiya doirasida har kuni (soat 00:00 dan 07:00 gacha) abonentlarga arzon narxda qo‘ng‘iroq qilish va MTS-O‘zbekiston tarmog‘ida SMS-xabarlar yuborish hamda kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bepul qabul qilish imkoniyati beriladi. Chiquvchi qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi va 1 ta xabar narxi $0,001. Kechqurun va kunduzi amalga oshirilgan qolgan barcha qo‘ng‘iroqlar abonent ulangan tarif rejaga qarab narxlanadi.

Ta’kidlash lozimki, avval ulangan abonentlar ham ushbu aksiyada qatnashishlari va mustaqil ravishda «Tungi muloqot» xizmatini aktivlashtirishlari mumkin.

Izoh

MTS-O‘zbekiston tarmog‘iga ulanganidan keyin aksiya ishtirokchilariga quyidagi SMS-xabar yuboriladi: “Vy stali uchastnikom akcii i Vam besplatno predostavljaetsya usluga ‘Nochnoe obschenie’ – vse ishodjashie zvonki i SMS vnutri seti s 00:00 do 07:00 po $0,001”

2011 yil 1 sentabr kuni (7:00 dan keyin) aksiya ishtirokchilari uchun «Tungi muloqot» xizmati avtomatik ravishda o‘chiriladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top