Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasidan yangi «VIP Kun» xizmati

2010 yil 15 iyuldan boshlab МТS-O’zbekiston kompaniyasi o’z abonentlariga yangi «VIP Kun» xizmatiga ulanishni va keyingi kun davomida o’z do’stlari va yaqinlari bilan BEPUL muloqotda bo’lishni taklif etadi. Xizmatni yoqish uchun atigi $0,99 to’lash kifoya!
Xizmatni yoqish:
• USSD-komandani terib:*111*0991# («Mobil yordamchi» xizmati);
• «Mobil portal *111#» orqali;
• «Shaxsiy kabinet» Internet xizmati orqali;
• 616099 raqamiga SMS orqali «1» yuborib («SMS-yordamchi» xizmati)*.

«Abonentlarimizning ko’pchiligi asosan o’z do’stlari va yaqinlariga ko’proq qo’ng’iroq qiladilar. Aynan shunday abonentlarimizga biz yangi «VIP Kun» xizmatiga ulanishni va MTS tarmog’ida istagancha cheksiz muloqotda bo’lishni taklif etadi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

Izohlar
• Xizmat yoqilgandan keyin tarmoq ichida barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar keyingi kuni narxlanmaydi.
• Xizmat muvaffaqiyatli yoqilgandan keyingi kun boshida abonent blokirovkaga tushib qolsa, hisob to’ldirilmagunigacha xizmatdan foydalanib bo’lmaydi.

Xizmat yoqilganda abonent hisobida yetarli mablag’ ($0,99 dan ortiq) bo’lsa, xizmat yoqiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top