Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasining «Ajoyib suhbatlar» tarifi yanada arzonlashdi

MTS-O‘zbekiston kompaniyasi o‘z abonentlariga yangilangan «Ajoyib suhbatlar» tarifini taklif etadi, unda 2011 yil 1 maydan boshlab har kunlik abonent to’lovi $0,05 dan $0,02 ga arzonlashdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tarifning asosiy afzalligi unda tarmoq ichidagi suhbatning uchinchi va keyingi daqiqalari o‘n marta arzondir, chunki suhbatning birinchi 2 daqiqasidan keyin barcha qolgan daqiqalar narxi – $0,001, birinchi ikki daqiqa narxi esa $0,01. Bunda barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – bepul, O‘zbekiston bo‘yicha qolgan barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi esa $0,025.

MTS ofislarida va kompaniya dilerlik punktlarida «Ajoyib suhbatlar» tarifiga ulanish mumkin. Kompaniyaning boshqa tariflardagi abonentlari esa quyidagi usullardan biri orqali «Ajoyib suhbatlar» tarifiga o‘tishlari mumkin:

• Mobil-portal orqali *111#;
• *111*117# USSD-komanda yordamida;
• 616117 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Internet-yordamchi» orqali.

* Xalqaro qo‘ng‘iroqlar va qo‘shimcha xizmatlar o’rnatilgan tariflarga muvofiq alohida to‘lanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top