Infocom.uz

MTS-O’zbekiston kompaniyasining «МТS-Konnekt» tarif rejasi

Mobil Internetning aktiv foydalanuvchilari uchun MTS-kompaniyasi yangi «МТS-Коnnekt» tarifini ishga tushirdi. USB-modem* yoki mobil telefon orqali Internetdan foydalanishga mo’ljallangan yangi qulay tarif kompaniya abonentlariga yana ham qulayroq shartlarda butunjahon tarmog’ida erkin sayohat qilish imkonini beradi. Axir ushbu tarifda 1 Mb Internet trafik narxi – $0,10, Internet paketlaridan biriga ulangan abonentlar mobil Internetdan yana ham arzonroq foydalanishlari mumkin. Buning ustiga «МТS-Коnnekt» tarifida GPRS-MMS+WAP+INTERNET xizmatidan foydalanish uchun abonent to’lovi yo’q, xizmat esa avtomatik ulangan.

Shuni ta’kidlash lozimki, 2010 yil 1 fevraldan boshlab «uchinchi avlod» xizmat doirasida bo’lgan MTS-O’zbekiston abonentlari avtomatik tarzda 3G innovatsion servislaridan foydalanishlari mumkin, ularni qo’shimcha ravishda kompaniya ofislarida yoki o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish tizimlari yordamida aktivlashtirishga hojat yo’q.

Bundan tashqari, yangi tarifda ham shahar telefonlaridan, ham O’zbekiston mobil operatorlarining abonentlaridan kiruvchi BARCHA qo’ng’iroqlar mutlaqo BEPUL! Buning ustiga yangi tarifda MTS-O’zbekiston tarmog’idagi barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar atigi – $0,02 (1 daq. uchun), O’zbekiston bo’yicha qolgan qo’ng’iroqlar daqiqasi – $0,03. «МТS-Коnnekt» tarif rejasining abonent to’lovi atigi –$0,02 (kuniga).

«Abonentlarimizning mobil Internetga bo’lgan qiziqishlari oshib borayotganini hisobga olib, kompaniyamiz mobil Internetdan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlarni optimallashtirish imkonini beruvchi takliflarni takomillashtirishni davom ettirmoqda. Yangi «МТS-Коnnekt» tarifiga ulangan kompaniya abonentlari yana ham qulayroq shartlarda mobil Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shuni qayd etish lozimki, MTSning Rossiya, Belarussiya va Ukrainadagi abonentlari ushbu yechimga yuqori baho berishga ulgurdilar va «МТS-Коnnekt» tarifi mamlakatimizda ham talabga ega bo’lishiga ishonchimiz komil»,– deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shаdmаnov.

*USB-modemni kompaniyaning rasmiy dilerlaridan xarid qilish mumkin.

«МТS-Коnnekt» tarif rejasidan kompaniyaning barcha abonentlari foydalanishlari mumkin. Kompaniya ofislarida va MTS dilerlik punktlarida ushbu tarifga ulanish mumkin. Abonentlar («RED» abonentlaridan tashqari) USSD-portal yordamida, *111# raqamiga qo’ng’iroq qilib yoki *111*115*1# USSD-komandasini yuborib, yangi tarifga o’tishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top