Kompaniya abonentlariga har kuni tunda 01:00 dan 08:00 gacha mobil Internetdan foydalanish imkonini beradigan «Tungi Internet» xizmati yanada qulaylashdi. Endi mobil Internetdan aktiv foydalanuvchilar ancha arzon narxda saytlarga kirishlari, elektron pochtadan foydalanishlari va grafik va videofayllarni ko’chirib olishlari mumkin, bunda bir megabayt narxi atigi $0,02. Buning ustiga «Tungi Internet» xizmatida abonent to’lovi yo’q.
«МТS kompaniyasi mobil Internetning aktiv foydalanuvchilariga mo’ljallangan o’z xizmatlarini doimo takomillashtirib boradi. Shu sababli bugun biz qaysi tarifga ulanganlaridan qat’i nazar, abonentlarimizga «Tungi Internet» xizmatini taklif qilamiz, va mobil Internetdan eng arzon narxda foydalanish imkonini beramiz», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.
«Tungi Internet» xizmati narxlari:
«Tungi Internet» xizmatiga bepul ulanish:
• USSD-komanda yordamida:*111*0241#;
• «Mobil portal» yordamida: *111#;
• 616024 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» orqali.
*WAP/MMS/GPRS-Internet xizmatidan foydalanish uchun abonent to’lovi – $0,02 (kuniga).
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi