Infocom.uz

MTS-O‘zbekiston kompaniyasining “Tungi Internet” xizmati ikki marta arzonlashdi

2011 yil 1 maydan boshlab «Tungi Internet» xizmati ikki marta arzonlashdi, endi 1 Mb tungi Internet trafik narxi atigi $0,01. Bundan tashqari «Tungi Internet» xizmatida abonent to‘lovi yo‘q. Ushbu xizmat kompaniya abonentlariga 01:00 dan 08:00 gacha arzon narxda mobil Internetdan foydalanish imkonini beradi.

«Bugun mobil aloqaning aktiv foydalanuvchilari an’anaviy ovozli xizmatlardan tashqari mobil Internetdan foydalanishga katta ahamiyat bermoqda. Shu sababli biz bugun mobil Internet uchun yangilangan taklifni taqdim etamiz va taklifimiz abonentlarimizning muhim ehtiyojlarini qondiradi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.

«Tungi Internet» xizmatining yangi narxlari:

mts_3_05_2011_1

«Tungi Internet» xizmatiga ulanish:

• *111*0241# USSD-komandasi yordamida;
• «Mobil portal» yordamida *111#;
• 616024 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» orqali.

*Xizmatni aktivlashtirish/o‘chirish – bepul;
*«Tungi Internet» xizmatining abonent to‘lovi yo‘q;
* WAP/MMS/GPRS-Internet xizmatining abonent to’lovi – $0,02 (kuniga).

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top